16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:18
Jamiyat 👁 362

TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANISh JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI

TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANISh JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI

Quvurdan beminnat kelib turgan “zangori olov” nafaqat xonadonimizni isitadi, balki oshxonamizni saranjom-sarishta saqlash, ekologiyaga zarar yetkazmasdan ovqat pishirish imkonini beradi. Ana shu imkoniyatdan samarali foydalanish, isrofgarchiliklarning oldini olish esa har bir xonadon egasining zimmasidagi fuqarolik burchi, qolaversa, yaratib berilgan qulay sharoitlarga nisbatan insoniy munosabati hamdir.

Avvalo shuni alohida taʼkidlash kerakki, tabiiy gazdan foydalanuvchilar bu borada isteʼmolchi sifatidagi oʻz haq-huquqlaridan tashqari, tabiiy gaz taʼminoti idoralari tomonidan qoʻyiladigan qonuniy talablarni ham yaxshi bilishlari talab etiladi. Chunki aynan ana shunday qonuniy talablar haqida zarur tushunchalarga ega boʻlmay turib, tabiiy gazdan foydalanishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyish ehtimoli yuqori boʻladi va bunday huquqbuzarliklar oilalar byudjetiga moddiy jihatdan zarar keltiradi.

Amudaryo tuman gaz taʼminoti idorasi xodimlari tomonidan Oʻzenergoinspektsiya mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari va tushuntirish ishlariga qaramasdan isteʼmolchilar orasida tabiiy gazdan foydalanish talablariga rioya qilmaslik holatlari sodir etilayotgani achinarli. Vaholanki, huquqbuzarlik holatini sodir etgan isteʼmolchi tegishli qonun hujjatlariga muvofiq albatta jazolanadi, shu bilan birga tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish maqsadida ishlatgan barcha asbob-uskunalari musodara qilinadi. Albatta, bu kabi holatlar isteʼmolchining oilasi uchun anchagina moddiy zarar keltiradi.

Aholi xonadonlarida oʻtkazilayotgan reyd tadbirlari va uchrashuvlarda vakolatli tashkilotlardan ruxsat olmasdan va tegishli tartibda shartnoma rasmiylashtirmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanish, hisoblagichga va masofadan turib oʻchirib-yoqish klapaniga, gazdan foydalanish uskunalariga oʻrnatilgan plombalarga shikast yetkazish, gaz hisobini yuritmay, hisoblagichdan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish, gaz quvurlari yoki gaz taqsimlash shoxobchalarida gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni oʻrnatish huquqbuzarlik sanalishi va tegishli qonun hujjatlariga muvofiq aybdorlarga albatta qonuniy choralar koʻrilishi taʼkidlanmoqda.

Bundan tashqari, tabiiy gaz sarfini hisobga olishni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida hisoblagichning ichki qismlarini, konfiguratsiyasi va sozligini qasddan oʻzgartirish, ruxsat etilmagan boshqa aloqa vositalarini oʻrnatish, isteʼmolchining aybi bilan hisoblagichning xotirasidagi maʼlumotlar yoʻq qilinishi, hisoblagichdan tashqari, yashirin yoʻllar bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanishi, tabiiy gaz tarmogʻiga boshqa texnik vositalarni oʻzboshimchalik bilan payvandlash holatlari kuzatilganda ham isteʼmolchiga nisbatan qonun hujjatlariga koʻra huquqiy choralar belgilanishi haqida barcha isteʼmolchilar ogohlantirilmoqda.

Shuningdek, xonadon egalariga gaz hisoblagichning qiyoslovdan oʻtkazish muddati oʻtib ketganda, isteʼmolchi tomonidan hisoblagich plombasi buzilganida va plomba tegishli vakolatli organlar tomonidan yaroqsiz deb topilganida isteʼmolchi plombani ruxsatsiz buzgani uchun belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi ham tushuntirilmoqda.

Oʻtgan 2024-yil davomida Amudaryo tumanining Oybek nomli mahallasi hududida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida bir nechta xonadonlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, sodir etilgan huquqbuzarliklari uchun xonadon egalariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, maʼmuriy choralar koʻrilgan edi. Xususan, mahalla hududida oʻtkazilgan qoʻshma reydlar natijasida 4ta holatda jami 14 ming 820 kub metr noqonuniy gaz sarfi aniqlanib, aybdorlar davlatga 23 million 120 ming soʻm moddiy zarar yetkazgani boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning 10-yanvar kuni yana bir fuqaro xonadonida tabiiy gazdan foydalanish boʻyicha nazorat oʻtkazilganida, uning tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlandi va 5 ming 313 kub metr gaz sarfi hisoblanib, fuqaro tomonidan davlatga 13 million 815 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Bu kabi holatlar nafaqat davlatga, balki jamiki tabiiy gaz isteʼmolchilariga nisbatan xiyonatdir. Chunki huquqbuzarlik qilgan isteʼmolchi oʻz xatti-harakati bilan yon qoʻshnisining, mahalladoshlarining xonadonlarida tabiiy gaz bosimining pasayib ketishiga, shuningdek, baʼzi hollarda taqiqlangan usullar bilan tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish orqali baxtsiz hodisa – yongʻin kelib chiqishiga sababchi boʻladi. Shu bois, isteʼmolchilar tabiiy gazdan foydalanish borasidagi tartib-qoidalarga doimiy ravishda amal qilishlari joiz.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019