16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 294

7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Maʼlumki, fanlar olimpiadasi oʻquvchining oʻz ustida ishlashiga undaydigan, bilim va salohiyatni sinovdan oʻtkazadigan, eng kuchli bilim egalarini aniqlaydigan muhim bellashuvdir. Fanlar olimpiadasida oʻzi qiziqqan fan boʻyicha ishtirok etgan aksariyat oʻquvchi yoshlar esa kelajakda aynan oʻsha fan boʻyicha oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlariga hujjat topshiradilar. Demak, mazkur bellashuvning yana bir ahamiyatli tomoni oʻquvchining kelajakdagi kasbini belgilab, maʼlum yoʻnalish tomon ixtisoslashuviga turtki berishida. Yaqinda Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2024-2025-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini joriy qilish va xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash toʻgʻrisida”gi 562-sonli qarorida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻquvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash tartibi belgilangan.

Qarorda keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va oʻquvchilarning quyi sinflardan boshlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik koʻrishiga zamin yaratish maqsadida tashkil qilingan Al Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasida – matematika fanidan, tabiiy fanlar olimpiadasida esa kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda topshiriqlar taqdim qilinadi.

Olimpiadaga tumanimizdagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining va ixtisoslashtirilgan maktabning 7-8-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Bunda, aniq fanlar yoʻnalishida 210 nafarga yaqin, tabiiy fanlar yoʻnalishida 200 nafarga yaqin iqtidorli oʻquvchilar qatnashdilar.

Olimpiadaning tuman bosqichi ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi boʻyicha iqtidorli bolalar bilan ishlash sektori metodisti Fazilat Zarifova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, boʻlimning maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodistlari, Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Otabek Yoʻldashov va mazkur maktabdan jalb qilingan nazoratchilar hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Otabek Yoʻldashov, Fazilat Zarifovalar Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi maqsad va vazifalari haqida hamda bu yilgi olimpiadani oʻtkazish tartibi oʻtgan yildagidan farq qilishi, tuman bosqichi uchun nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilganligi hamda olimpiadaning hududiy tashkiliy qoʻmitasi tomonidan chop etilib, olimpiada oʻtkaziladigan kuni joylarga yetkazilishi hamda maxfiylikni va adolatni taʼminlash uchun amalga oshiriladigan boshqa vazifalar haqida aytib oʻtdilar.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashbay Shamuratov olimpiadani oʻtkazish tartib va qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirokchilarni belgilangan xonalarga taklif qilib, Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan taqdim qilingan test kitobchasi va javob varaqalarini oʻquvchilarga tarqatdilar va jarayon boshlandi.

Ishtirokchi oʻquvchilarga 7-8-sinf uchun matematika fanidan 36 savolli test kitobchasi va javoblar varaqasi, tabiiy fanlardan ham 36 savolli test kitobchasi va javoblar varaqasi taqdim etilib, olimpiada topshiriqlarni yechish uchun ishtirokchilarga nizom talabi boʻyicha 2 soat vaqt berildi.

Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan ishtirokchilarning javob varaqalari Ixtisoslashtirilgan maktab nazoratchilari va vazirlik masʼul xodimiga taqdim qilinib, seyf paketga solib muhrlangan holda Fan olimpiadalari markaziga yuborildi. Natijalar bir necha kun ichida Fan olimpiadalari markazi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim qilinadi va natija asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi ishtirokchilari aniqlanib, gʻoliblar eʼlon qilinadi.

Bu kabi olimpiadalar oʻtkazilishi taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasidan aniq va tabiiy fanlar bilimdonlari yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Mazkur olimpiadaning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻquvchilar kelgusida xalqaro miqyosida tashkil qilinadigan musobaqa va olimpiadalarda ishtirok etib, Oʻzbekistonimizning obroʻsini yanada yuksaltirishga hissa qoʻshadilar.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019