17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:27
Jamiyat 👁 382

Til – millatning ruhi

Til – millatning ruhi

Haqiqatdan ham, tilimiz yashar ekan, tariximiz, madaniyatimiz, adabiy merosimiz, bugunimiz va ertamiz bardavomdir. 1989-yil 21-oktyabr kuni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu sana millatimiz tarixida ulkan voqea boʻldi. Aynan shu kundan boshlab oʻzbek tilining cheksiz imkoniyatlarini oʻrganish, uning haqiqiy jozibasini ochib berish yoʻlidagi ishlarga rasmiy asos yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzbek tili davlat tili sifatida mustahkamlab qoʻyildi. 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 22-dekabr kuni esa “Davlat tili haqida”gi Qonun yangi tahrirda tasdiqlandi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari, reklama va ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi oʻrni beqiyos. Aholiga yangiliklarni yetkazishda til va yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq peshtaxtalar, reklama bannerlari va ommaviy axborot vositalarida oʻzbek tili qoʻllanilishida jiddiy muammolar mavjud. Shevalarning ommaviy axborotga aralashuvi, imloviy va grafik xatoliklar, xususan, “q” va “gʻ” harflari oʻrnida “k” va “g” harflarining qoʻllanilishi tilimizga nisbatan eʼtiborsizlikning yaqqol ifodasidir.

Bundan ham achinarlisi, yurtimizda doʻkonlar, savdo markazlari, hatto butun boshli shahar loyihalari xorijiy nomlar bilan atalmoqda. “Nest One”, “Toshkent City”, “Magic City” kabi nomlar mamlakatimizda xalqimiz uchun bunyod etilgan boʻlsa-da, nega ular ona tilimizda emas? Chet elcha nomlar yanada “zamonaviy” yoki “mijozbop” deb hisoblanadimi? Axir, ona tilimiz – bizning oʻzligimiz timsoli emasmi? Biz oʻzimizni oʻzga tillar taʼsiridan himoya qila olmasak, kelajak avlod bizni qanday tushunadi?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Endi peshlavhalar davlat tilida va lotin alifbosida yozilishi kerak” degan xabar eʼtiborimni tortdi. Ammo bu xabar oʻzi kirill alifbosida yozilgan edi. Biz targʻib qilayotgan ishlarga oʻzimiz amal qilmasak, boshqalar qanday amal qiladi? Shu bois til siyosatida ham, har qanday oʻzgarishda ham avvalo oʻzimizdan boshlashimiz lozim. Sof oʻzbek tilida gapirish, xatosiz yozish, tilimizni hurmat qilish haqidagi targʻibotlar natija berishi uchun harakatimiz real misollarda aks etishi kerak.

Toshkent davlat milliy universiteti professor-oʻqituvchisi, filologiya fanlari doktori Abduroziq Rofiyev poytaxtimiz koʻchalaridagi eʼlonlarning aksariyati hanuz rus tilida ekanligini taʼkidlagan edi. Ularning fikriga koʻra, davlat tilida ish yuritish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa-da, amaliyotda bu masalada befarqlik va loqaydlik hukm surmoqda. Tilni notoʻgʻri ishlatish, tushunarsiz iboralarning ommalashib borishi, muomala madaniyatining buzilishi nafaqat til muammosi, balki umummilliy masala ekani ayon.

Haqiqatdan ham, bugungi kunda tengdoshlarimiz orasida xorijiy soʻzlarni aralashtirib gapirish, qisqartirilgan va buzilgan shakllardan foydalanish odati kuchayib bormoqda. Chet tillarini oʻrganish, ularni bilish, albatta, foydali. Lekin ona tilimizni ikkinchi darajali deb bilish, uni xorijiy tillar soyasida qoldirish – katta xato. Agar shunday davom etsa, bir necha avloddan soʻng tilimiz oʻz qadrini yoʻqotishi hech gap emas.

Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun har birimiz tilimizga befarq boʻlmasligimiz, imloviy xatolarga nisbatan loqaydlik qilmasligimiz, kerak boʻlsa, qonuniy jihatdan ham tartibga solishimiz shart. Ulugʻ shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek:

– Ona tili – umummillat mulki. Demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy boʻlib, bu yolgʻiz tilshunoslarning emas, butun millatning ishi.

Shunday ekan, jamiyatimizning har bir aʼzosi tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish yoʻlida oʻz hissasini qoʻshishi lozim. Kelajak avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning burchimizdir. Zero, buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek:

– Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti – tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak – millatning ruhini yoʻqotmakdur.

Dilnura Yoʻldosheva, QDU talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026