16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Fan va taʼlim 👁 281

14-sonli maktabda “Buyuklarni yod etib” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

14-sonli maktabda “Buyuklarni yod etib” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Har bir xalqning maʼnaviy taraqqiyotida buyuk mutafakkir va adiblarning oʻrni beqiyos. Ularning ijodi, fikrlari va ilmiy qarashlari asrlar osha xalq tafakkuri, madaniyati va maʼnaviy taraqqiyotining shakllanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, oʻzbek adabiyotining ikki zabardast namoyandasi – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi milliy maʼnaviyatimiz xazinasining durdonalaridir. Ularning ijodi va tarixiy faoliyati bugungi kunda ham yosh avlod uchun ibrat va ilhom manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

Har yili mazkur buyuk siymolarning tavallud ayyomiga bagʻishlab turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Bunday tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, tarixiy shaxslarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, ularda vatanparvarlik va iftixor tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanidagi 14-sonli maktabda ana shunday adabiyot kechalaridan biri – “Buyuklarni yod etib” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir maktabning ona tili va adabiyot hamda davlat tili fani oʻqituvchilari Dilfuza Gaipova, Sadoqat Davletova va Dilnora Safarboyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi va yuqori saviyada oʻtkazildi.

Tadbirda yuqori sinf oʻquvchilari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalarni ifodali tarzda oʻqishdi. Ushbu sheʼriy chiqishlar orqali yoshlar buyuk adiblarning teran fikrlari va yuksak maʼnoga ega sheʼriyati bilan yanada yaqinroq tanishdilar. Bu buyuk siymolarning ijodi kishiga nafaqat adabiy zavq bagʻishlaydi, balki inson maʼnaviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalashda ham muhim oʻrin tutadi. Ular qoldirgan maʼnaviy meros Vatanga muhabbat, insoniylik, adolat va bilimga intilish kabi ezgu fazilatlarni targʻib qiladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar buyuk allomalar, adabiyot va sanʼat namoyandalarining ijodini oʻrganish va targʻib etishga katta eʼtibor qaratilayotgan yurtimizda har yili Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanishini, sanalar munosabati bilan xalqaro ilmiy anjumanlar va ijodiy kechalar tashkil etilishini alohida taʼkidladilar. Yurtimizda buyuk mutafakkirlar asarlari qayta nashr etilib, ularni chuqur oʻrganish va targʻib qilish maqsadida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, maktab va oliy taʼlim muassasalarida ushbu ijodkorlarning asarlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Maʼnaviy-maʼrifiy kechada shuningdek, buyuk shoirlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi. Ayniqsa, 6-sinf oʻquvchilari ijrosida sahnalashtirilgan “Non hidi” asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Nafaqat adabiy, balki milliy anʼanalar va madaniyatni oʻzida mujassam etgan musiqiy chiqishlar ham tadbirdan oʻrin oldi. Oʻquvchilar oʻzbek va qozoq xalqlarining milliy qoʻshiq-kuylariga hamohang raqslar ijro etib, tadbirga oʻziga xos joʻshqinlik bagʻishlashdi.

“Buyuklarni yod etib” tadbiri yoshlarning milliy tarix va adabiyotga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ajdodlar merosini chuqurroq anglashga chorlash, ularda maʼnaviy boyliklarga ehtirom uygʻotish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday tadbirlar nafaqat yosh avlodning badiiy saviyasini oshirish, balki ularni tarixiy shaxslarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻzligini anglash va milliy gʻurur tuygʻusini kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019