16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 352

Afgʻon urushi ishtirokchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Afgʻon urushi ishtirokchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Oʻtgan asrning 79-89-yillarida Afgʻonistondagi fuqarolik urushi va qurolli toʻqnashuvlarda ishtirok etgan sobiq Sovet ittifoqi qoʻshinlari 1989-yil 15-fevral kuni mamlakat hududidan olib chiqib ketilgan edi. Ushbu sana Afgʻon urushi faxriylarining bayramiga aylangan. Salkam oʻn yil mobaynida Afgʻoniston hududida boʻlib oʻtgan harbiy harakatlarda Respublikamizdan 3580 nafar harbiy xizmatchilar ishtirok etgan. Anʼanaga muvofiq bu yil ham Afgʻon urushi qatnashchilari, jangchi-faxriylar ishtirokida ushbu mamlakatdan sobiq Sovet ittifoqi qoʻshinlari olib chiqilganining 36 yilligi keng nishonlanmoqda. Amudaryo tumanida ham sana munosabati bilan urush faxriylarining aholi va yoshlar bilan uchrashuvlari hamda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Amudaryolik afgʻon urushi qatnashchilari boʻlmish jangchi-faxriylar ishtirokida tumandagi Xotira maydoniga oʻrnatilgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Baynalmilal jangi-faxriylar Afgʻonistondagi urush harakatlarida qatnashib, shahid boʻlgan quroldoshlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, urush qiyinchiliklari, uning salbiy oqibatlarini eslab, yurtimizdagi tinchlik mangu boʻlishini tilab duoga qoʻl ochdilar.

Soʻngra tantanalar Mangʻit shahridagi “Diamond” restoranida davom ettirildi. Bu yerda afgʻon urushi qatnashchilari boʻlmish baynalmilal jangchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi Shuhrat Mamatov, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi boshligʻi Islom Matkarimov hamda Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov boshchiligida bir guruh faxriy jangchilar ishtirok etdi.

Bayram tadbirini tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nuqida Afgʻonistonda chorak asrcha davom etgan oʻzaro urushlarga barham berish uchun sobiq ittifoq armiyasi safida safarbar qilingan, murakkab sharoitlarda jang-u jadallarda qatnashib, omon qaytgan faxriylar uchun 15-fevral – sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqib ketilgan sana chinakam bayram ekanligini taʼkidladi hamda ularni bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar oʻtkazilib, Afgʻon urushi faxriylariga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatilayotgani, ularning munosib dam olishi va salomatliklarini tiklashlari uchun hukumatimiz tomondan sharoitlar yaratilganini qayd qilib, Afgʻon urushi faxriylariga tashakkurnomalar, esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Bayram tadbirida soʻz olganlar yurtimizda jangchi-faxriylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga va halok boʻlgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganini qayd qilib, ushbu urush qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritgani, bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda urush faxriylarining tajribasi va hayot yoʻlini oʻrnak qilib koʻrsatish lozimligini qayd etdilar. Afgʻon urushida halok boʻlgan faxriylarni xotirlash har birimizning insoniy burchimiz ekanligi alohida taʼkidlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, Afgʻon urushida 65 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari qatnashib, ularning 1500 nafardan koʻprogʻi halok boʻlgan. Amudaryo tumanidan harbiy harakatlarda ishtirok qilgan fuqarolarning 13 nafari janglarda halok boʻlgan, 20 nafari urushda yaralangan, 278 nafari esa bugungi kunda tinch va osoyishta yurtimizda umrguzaronlik qilmoqda.

Bayram tadbiri mobaynida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Xonandalar tomonidan ijro etilgan Vatan, ona, tinchlik, shukronalik haqidagi shoʻx-shodon kuy-qoʻshiqlar faxriylarimizga bayramona koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019