16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Adabiyot 👁 760

BUYuK ShOH VA ShOIR, TARIXChI OLIM ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR DAHOSIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATILDI

BUYuK ShOH VA ShOIR, TARIXChI OLIM ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR DAHOSIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATILDI

Buyuk shoh va shoir, tarixchi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosini oʻrganish va uning asarlaridagi vatanparvarlik, insoniy munosabatlarni, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻularini oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida taʼlim-tarbiya muassasalarida Boburxonlik kechalarini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bu kabi tadbirlar Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan 14-fevral sanasi arafasida yanada kengroq tus oladi. Bu tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar Bobur gʻazallarini ifodali oʻqiydilar, maʼno-mazmuni, gʻazallarda ilgari surilgan gʻoyalar yuzasidan oʻzaro fikr almashish orqali Bobur ijodiga oid bilimlarini boyitadilar.

Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabi, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan “Shoh va shoir, tarixchi olim Zahiriddin Muhammad Bobur dahosiga ehtirom” mavzusidagi adabiy-musiqiy tadbirda ham maktab oʻquvchilari oʻzlarining Bobur asarlarining bilimdonlari va ixlosmandlari ekanliklarini namoyon etdilar.

Darvoqe, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur merosi nafaqat oʻz davrida, balki oradan besh asrdan ziyod vaqt oʻtsa ham, hamon turkiy xalqlargina emas, balki dunyodagi koʻplab xalqlar tomonidan alohida eʼtibor bilan oʻrganiladi. Chunki turkiy adabiyotni yuksaklikka olib chiqqan shoir 1494-1529-yillar davomida umumiy hajmi 400 dan ziyod turli janrlardagi asarlarni yaratdi. Xususan, buyuk bobokalonimizdan 119 gʻazal, 231 ruboiy, tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy janrlaridagi betakror asarlar meros boʻlib qoldi. Uning oshiqona, taʼlimiy, tasavvufiy, tarixiy mavzulardagi asarlari hamon qoʻllardan qoʻymay oʻqiladi.

Tadbirni Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Muyassar Rahmatullayeva ochdi va Bobur asarlarining yosh avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Adabiy-musiqiy tadbir davomida maktab oʻquvchilari Bobur gʻazallarini mahorat bilan ifodali oʻqib berdilar. Oʻquvchilar “Hind devoni”, “Qobul devoni” hamda buyuk memuar asar “Boburnoma”ning yozilish tarixi, “Boburnoma”da bayon etilgan Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlarida Bobur davrida roʻy bergan voqea-hodisalar xususida maʼruzalar qildilar.

Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlar tomonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishi ishtirokchilarni bir muddat Zahiriddin Muhammad Bobur yashagan davr va shoirning orzu-armonlariga oshno qilib, har bir qalbda Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari va 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Bobur gʻazallari bilan aytiladigan ashulalar ishtirokchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019