16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 345

IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLI VAKILLARI IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLI VAKILLARI IShTIROKIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Maʼlumki, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 28-sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy yordamlar va xizmatlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, yurtimizda inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va uning hududlardagi boshqarmalari hamda hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar Markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur Qaror bilan Markazlar tomonidan ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional xizmatlar koʻrsatish vazifasi yuklatilgan edi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish rejalarini ishlab chiqish hamda ushbu rejalarga muvofiq muammolarni mahallalar kesimida hal etish boʻyicha manzilli saʼy-harakatlarni amalga oshirish yuzasidan zarur koʻrsatmalar ham taqdim etilgandi.

Ayni paytda mazkur agentlikning hududiy boshqarmalari masʼullari va yetakchi mutaxassislari tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilib, ularning hayotiga doir shaxsiy muammolarini oʻrganish orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Ana shunday sayyor qabullardan biri joriy yilning 18-fevral kuni Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining Amudaryo tuman boʻlimi binosida ham oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligining Ijtimoiy himoya inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Ziyaubay Kalenov rahbarligida Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sayyor qabulda mazkur markaz boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, tumanning Qilichboy, Tosh yop ovullari, shuningdek, Arnaboʻyi, Namuna, Navoiy va Oybek nomli, Durunki, Boy ovul, Yangiobod, Xizr eli, Boʻston mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari qatnashdi.

Sayyor qabul  davomida jami 18 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 4tasi bolalar nafaqasini tayinlash, 2tasi nogironlik aravachalari olib berishda koʻmaklashish, 1tasi nogironlikni belgilash, 4tasi davolanish boʻyicha dori-darmon vositalari olish, shuningdek, 1tasi vasiylikka rasmiylashtirish, qolganlari voyaga yetmaganlarning yashash manzilini belgilash, tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish hamda “yolgʻiz keksa” reyestriga kiritish boʻyicha murojaatlar boʻlib, aksariyat fuqarolarning murojaatlari sayyor qabul jarayonida, joyida ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, bir nechta murojaatlar tegishli tashkilotlar aralashuvi talab etilishi bois mazkur murojaatlar egalariga zarur huquqiy tushunchalar va maʼlumotlar berildi. Qolgan murojaatlar esa tegishliligi boʻyicha qatʼiy nazoratga olindi.

Sayyor qabul jarayonida ishtirokchilar masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ularning barcha savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar va huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

Bevosita mahallalarga chiqqan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari va ijtimoiy xodimlar, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan fuqarolar ishtirokida oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabul qabullar mamlakatimizda aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimi tobora takomillashib borayotganining yorqin ifodasidir

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019