16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 384

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi boshligʻi Farruh Rustamov amudaryolik isteʼmolchilar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi boshligʻi Farruh Rustamov amudaryolik isteʼmolchilar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqqan holda ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilib, murojaatlarni koʻrib chiqish ishlarining sifati jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar esa xalq bilan davlat idoralari oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga barham berib, davlat organlariga boʻlgan ishonchning ortishiga zamin yaratmoqda.

Joriy yil 20-fevral kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi ­– “Oʻzkomnazorat” boshligʻi Farruh Rustamov tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi. Unda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi fuqarolar vakillari hamda mazkur soha boʻyicha masʼul mutaxassislar, yoshlar ishtirok etishdi.

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasiga oʻz vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va kompyuter dasturlari tarqatilishida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Sayyor qabul jarayonida inspektsiya boshligʻi Farruh Rustamov ishtirokchilarga keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari turlari va ularga ulanish tartiblari, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, tarmoqlarni modernizatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, xizmatlar koʻlami va boshqa masalalar toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi oʻz faoliyatida aloqa va axborotlashtirish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan davlat dasturlari ijrosi, telekommunikatsiya, pochta aloqasi, teleradioeshittirish va mobil aloqa sohasida faoliyat yurituvchi operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini ham nazorat qilib boradi.

Oxirgi yillarda inspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi tomonidan ham keng koʻlamli ishlar olib borilgan. Xususan, Respublika hududida aholiga simli internet xizmatini koʻrsatuvchi 2 ta, mobil aloqa yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi 6 ta, teleradio yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi 6 ta, pochta va kurerlik yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi 9 ta hamda davriy bosma nashrlarini tarqatish yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi 6 ta subʼektlar mavjud boʻlib, ushbu subʼektlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirilgan.

Oʻtgan 2024-yil davomida telekommunikatsiya isteʼmolchilaridan kelib tushgan 499 ta murojaatlar koʻrib chiqilib, shundan 435 ta murojaat, yaʼni 87 foizi ijobiy hal qilingan. Korxonalar maʼmuriyatlari aybi bilan yuzaga kelgan 12 ta murojaat boʻyicha 5 ta holatda maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan va 8 ta holatda kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrilgan. Hududiy boʻlim tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 10.2 foizga kamaygan.

Sayyor qabul davomida yigʻilish ishtirokchilaridan telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda mazkur yoʻnalishda xizmatlar sifatini yaxshilash borasida murojaat va takliflar kelib tushdi.

Fuqarolarning barcha murojaatlariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar, zarur tushuncha va maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida “Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi masʼullari tomonidan axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi yangiliklar hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ham tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga soha boʻyicha muammolarga duch kelgan taqdirda “Oʻzkomnazorat” inspektsiyasining tun-u kun uzluksiz ishlaydigan “1144” Ishonch telefon raqami orqali murojaat yoʻllashi mumkinligi qayd etildi.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019