16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Fan va taʼlim 👁 498

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlari oʻtkazildi

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlari oʻtkazildi

Zamonaviy taʼlim tizimida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ularni innovatsion metodlar bilan tanishtirish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish bugungi kunda ustuvor yoʻnalishlardan biridir. Shu maqsadda 2024-yil 21-iyun kuni davlat rahbari tomonidan qabul qilingan "Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlantirish soati" tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida ham ingliz tili oʻqituvchilari uchun "Kasbiy rivojlantirish soati" tashkil qilinib, tadbir doirasida maktabning 8-sinf oʻquvchilari uchun "Spending money" (Pul sarflash)  mavzusida tajriba-sinov darsi tashkil etildi.

Mashgʻulotlar ingliz tili fani mentor-oʻqituvchilari Mohira Shomurotova va Fariza Rajapovalar tomonidan oʻtkazildi. Dars jarayonida Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Muzaffar Abdullayev, maktab maʼmuriyati va ingliz tili metodbirlashma raisi Shohzod Ismoilovlar ishtirok etishdi. Ochiq dars davomida innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda interfaol metodlar qoʻllanildi.

Dars yakunida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ochiq darsning yutuqlari hamda takliflar muhokama qilindi. Muzaffar Abdullayev tomonidan darsning zamonaviy talab va standartlarga mosligi, qoʻllanilgan innovatsion metodlar mavzuni toʻliq ochib berganligi eʼtirof etildi.

Kunning ikkinchi qismida "Kasbiy rivojlanish kuni" doirasida Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, trener Ravshan Xalmuratov va mentor-oʻqituvchilar Mohira Shomurotova hamda Fariza Rajapovalar tomonidan umumtaʼlim maktablari ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirokida yuqoridagi mavzuda amaliy seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi. Ushbu mashgʻulotlarda umumtaʼlim maktablaridan 150 nafar ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish, interfaol metodlar yordamida oʻquvchilarni faollikka chorlash hamda kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish boʻyicha amaliy tajribalar oʻrganildi. Ochiq darsning har bir bosqichida qoʻllanilgan interfaol metodlar mavzu bilan uygʻunligi, oʻquvchilarning dars jarayoniga faol jalb qilingani hamda pedagoglarning innovatsion metod va texnologiyalarni oʻzlashtirish imkoniyatlari eʼtirof etildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan seminar-treningda ishtirok etgan yosh pedagoglarning faoliyati tahlil qilinib, ularga tegishli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalarini oʻrganishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etilganidan mamnunliklarini bildirishdi. Bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga hamda taʼlim sifati yuksalishiga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Ravshan Xalmuratov,  Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026