16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 317

Jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsiz muhitni taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsiz muhitni taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Jamiyat barqarorligi va taraqqiyotini taʼminlashda mahalliy darajadagi huquq-tartibot ishlari muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, 25-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Muzaffar Rahmatullayev boshchiligida Amudaryo tumani hokimligida yigʻilish oʻtkazildi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori ijrosi yuzasidan tumanda olib borilgan oʻrganishlar natijalari muhokama etildi.

 Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda texnik vositalardan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Shu maqsadda belgilangan oʻrinlarda kuzatuv kameralari oʻrnatilyapti. Oilalardagi osoyishtalikni taʼminlash maqsadida tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan 11 nafar nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Biroq, zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish chora-tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagan. Probatsiya nazoratidagi ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish ishlari ham qoniqarli tarzda bajarilmagan.

Ishsizlik va bandlikni taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan 22 nafar xotin-qiz ishga joylashtirilgan. Biroq, probatsiya nazoratidagi shaxslarni kasb-hunarga yoʻnaltirish uchun monomarkazlarda oʻqitish ishlari mablagʻ ajratilmagani sababli boshlanmagan. Oqibatda bu holatlar huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarning ijtimoiy moslashuviga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi qayd etildi.

Yigʻilishda jinoyatchilik holati va profilaktika ishlari tahlil qilindi. Joriy yilning yanvar va fevral oylarida tumanda 18 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, barchasi sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilingan. Tuman boʻyicha "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarni “yashil” toifaga oʻtkazishga doir amaliy ishlar qilinyapti. "Ijtimoiy profilaktika" tadbirlari doirasida 443 nafar shaxs haqida xulosa berilgan va ovul-mahallalardagi masʼullar tomonidan qabul qilingan.

Shuningdek, mahalliy rahbarlarning nazorat ishlarini toʻliq taʼminlamagani aniqlangan. Xususan, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari tomonidan kunlik nazorat oʻrnatilmagan. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi vazifalarini oʻz vaqtida bajarmagan.

Aniqlangan kamchiliklardan biri – mahallalarda “xonodonbay” va “fuqarobay” ishlash tizimi samarali tashkil qilinmagan. Migratsiyadan qaytgan va huquqbuzarlikka moyil fuqarolar bilan ishlash jarayonlari ham sust olib borilgan.

Yigʻilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha qator vazifalar belgilab olindi.

Shohzod Qurbonboyev

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019