16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 357

“Agro-dizel” nomli yangi savdo shoxobchasi oʻz faoliyatini boshladi

“Agro-dizel” nomli yangi savdo shoxobchasi oʻz faoliyatini boshladi

Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Yerga urugʻ qadash, uni parvarish qilish va moʻl hosil yetishtirishda zamonaviy texnikalarning oʻrni beqiyos. Har bir mavsumda dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun texnika vositalariga boʻlgan ehtiyoj ortadi. Ayniqsa, bahorgi ekin mavsumi yaqinlashar ekan, qishloq xoʻjaligi texnikalarini tayyor holga keltirish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday sharoitda sohaga ixtisoslashgan savdo shoxobchalari dehqon va tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Yaqinda shunday qulayliklardan biri – Amudaryo tumanining Yangiobod mahallasida “Agro-dizel” nomli yangi savdo shoxobchasi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov, mahalla faollari, “Yusuf Eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi, tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Soʻzga chiqqanlar bu kabi loyihalarning ahamiyatini taʼkidlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligini oshirishga xizmat qilishi eʼtirof etishdi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng nuroniylar ramziy tasmani kesib, savdo shoxobchasidagi sharoitlar bilan tanishdilar. Doʻkon zamonaviy jihozlangan boʻlib, mijozlarga qulaylik yaratish uchun barcha shart-sharoitlar bilan taxminlangan. Mahsulotlarning keng assortimenti, sifatli xizmat va qulay joylashuv doʻkonni hudud uchun muhim savdo nuqtasiga aylantiradi.

Mazkur loyiha tadbirkor Rahmatillo Yoqubovning oʻz mablagʻlari hisobidan bunyod etildi. Doʻkon 2 qavatdan iborat boʻlib, 1-qavatda savdo faoliyati olib boriladi, 2-qavat esa ofis sifatida xizmat qiladi. Savdo shoxobchasi faoliyati natijasida 6 nafar yosh ish bilan taʼminlandi.

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi sohasida texnika va ehtiyot qismlarining sifatli hamda kafolatli boʻlishi dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, ishlab chiqarish jarayonida texnika uzluksiz ishlashi hosildorlik va mehnat samaradorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu bois zamonaviy talablarga javob beradigan, ishonchli va uzoq muddat foydalanish imkoniyatiga ega ehtiyot qismlarini taklif qiladigan savdo shoxobchalarining koʻpayishi sohaning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yangi “Agro-dizel” nomli savdo shoxobchasining faoliyati nafaqat tadbirkorlar va fermerlar, balki butun tumanning iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshadi. Zamonaviy va talabgir mahsulotlar bilan taʼminlaydigan bunday maskanlar dehqonlar mehnatini yengillashtirib, texnika va qishloq xoʻjaligining rivojiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, bu kabi tashabbuslar aholi turmush darajasini yaxshilab, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga hissa qoʻshadi.

Qishloq xoʻjaligi – mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi. Ushbu soha rivoji yoʻlidagi bunday tashabbuslar fermer va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019