16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Fan va taʼlim 👁 419

51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida seminar boʻlib oʻtdi

51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida seminar boʻlib oʻtdi

Bolani toʻgʻri tarbiyalashda, avvalo, u bilan toʻgʻri muloqot qilish, bola “tili”ni tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kichkintoylarga taʼlim-tarbiya berishda ularni sevish, ularga chinakam mehr berish ham foydadan holi boʻlmaydi.

Maʼlumki, bugunning kichkintoylarini tarbiyalab voyaga yetkazish, maktab taʼlimiga yoʻnaltirish har qachongidan ham masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Boisi, bugungi globallashuv asrida dunyoga kelgan bolakayni xoʻrozqand bilan aldab, “seni laylak olib kelgan, uxlamasang qaytadan laylaklarga berib yuboraman…” singari choʻpchaklarga ishontirib boʻlmaydi.

Ha, bugungi yosh avlod ziyrak, bilagʻon, zehni oʻtkir. Ularni tarbiyalashda ota-onadan ham, bogʻchadagi tarbiyachilardan ham oʻz ustida ishlash, taʼlim-tarbiyaning zamonaviy, innovatsion metodlarini bilish va oʻrinli qoʻllay olish, degan koʻnikmalar talab etiladi. Bunda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan seminarlarning oʻz oʻrni bor.

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida maktabgacha taʼlim sifatini yanada yaxshilash va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilar ishtirok etdilar.

Seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsad – tarbiyachilar oʻrtasida tajriba almashishni rivojlantirish, bolalarning taʼlim-tarbiyasida zamonaviy usullarni amaliyotga tatbiq etishdir.

Jarayon davomida ishtirokchilar tayyorlov, katta va kichik guruhlarda tarbiyachilarning ochiq mashgʻulot jarayonlarida ishtirok etdilar. Tarbiyachilarning bolalar bilan ishlash uslublari, mashgʻulot jarayonidagi pedagogik yondashuvlari muhokama qilindi. Shuningdek, seminar mobaynida tarbiyachilar oʻzaro tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlib, ilgʻor pedagogik usullarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha fikr almashdilar.

Tahlillar natijasida tarbiyachilarning oʻquv jarayonida qoʻllayotgan innovatsion usullari yuqori baholandi. Seminarning asosiy qismi tarbiyachilarning amaliy faoliyatini baholash va ularning ishlash sifati boʻyicha fikr almashishga bagʻishlandi. Mutaxassislar tomonidan tarbiyachilarning innovatsion usullarni qoʻllashdagi yutuqlari eʼtirof etildi.

Xususan, mashgʻulotlarda interfaol metodlardan foydalanish, bolalarning qiziqishini oshirish uchun oʻyinli yondashuvlarni tatbiq etish, tarbiyaviy jarayonda vizual va audio materiallardan samarali foydalanish kabi jihatlar yuqori baholandi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham qayd etilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday seminarlar tarbiyachilar orasida oʻzaro tajriba almashish, ularning malakasini oshirish va maktabgacha taʼlim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, soha masʼullari tomonidan kelgusida ham bunday tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazish rejalashtirilgan.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019