16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 7,402

Amudaryo tumanida “Aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida Qoraqalpogʻiston miqyosidagi koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida “Aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida Qoraqalpogʻiston miqyosidagi koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 30-yanvar sanasida oʻtkazilgan yigʻilishida tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli ekinlar yetishtirish boʻyicha yangi tashabbuslar ilgari surildi hamda bu borada qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

28-fevral kuni Amudaryo tumanida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida “Aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi koʻrgazmali seminari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursunxon Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari ­– Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur koʻrgazmali seminarda respublikadagi tegishli tashkilotlar masʼullari, barcha tumanlarning sektorlar rahbarlari, ogʻir toifaga kiritilgan mahallalar masʼullari qatnashdilar.

Dastlab mehmonlar “Qipchoq” shaharchasi hududidagi “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidiga tashrif buyurishdi. Masjidda muborak Ramazon oyida respublikada boshlanayotgan ishlarning xayrli boʻlishi uchun Qurʼon tilovat qilinib, duoga qoʻl ochildi.

Seminar doirasidagi keyingi manzilda ishtirokchilar Jayxun ovulida “Nukus Dilisha” MChJ tomonidan ishga tushirilgan “Un ishlab chiqarish” loyihasining ochilish marosimida ishtirok etishdi. Mehmonlar tumanda ishlab chiqarish salmogʻini yuksaltirishga katta hissa qoʻshadigan un ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar eʼtiboriga tumandagi tadbirkor va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi ham taqdim etildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Nukus Dilisha” MChJning tashabbuskor rahbari Bahrom Yoʻldashev tomonidan qiymati 15 mlrd. soʻmlik mazkur un ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida 51 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Seminar ishtirokchilari Choykoʻllik Mahmud Norbayev tomonidan tomorqa va dehqon xoʻjaligidan samarali foydalanish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Tomorqachi yurtimizda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, imtiyozli kredit mablagʻlari evaziga tashkil etgan issiqxonasida 30 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlarni mavsumiy ish bilan taʼminlab kelmoqda.

Mahmud Norboyev dastlab 2022-yilda mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan 33 mln. soʻm miqdorida kredit olib, tomorqasida 9 sotix issiqxona tashkil qilish orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Shuningdek, tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 306-sonli qaroriga asosan 230 mln. soʻm kredit olib, 1,5 gektar yer ijaraga olgan va bu yerda qoʻshimcha 21 sotix issiqxona tashkil qilgan. Bugungi kunda jami 30 sotix issiqxonada pomidor va bodring yetishtirilmoqda. Ekilgan har bir koʻchatdan oʻrtacha 5 kg hosil olinib, ichki bozorlarga sotilishi natijasida tomorqachi bir yil davomida 300 mln. soʻmgacha daromad olmoqda.

Seminar davomida Choykoʻl ovuli hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt koʻchatlarini ekish tadbiri ham tashkil etilib, unda 2 gektar yer maydonga yaxshi niyatlar bilan mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Tadbirda yoshlar, nuroniylar, Respublika, shahar va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Keyingi manzilda respublika koʻrgazmali seminari ishtirokchilari Oʻrta qalʼa ovulida oʻz tomorqasining 1 gektar maydonida issiqxona tashkil qilib, moʻl hosil olayotgan Rustam Yusupovning faoliyati bilan tanishdilar va aholi tomonidan kooperatsiya asosida tashkil qilingan issiqxonalarda koʻchat va sabzavotlar yetishtirish faoliyatini koʻzdan kechirdilar.

2023-yilda 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonada pomidor, bodring mahsulotlari yetishtirilayotgan boʻlib, har yili jami 50 tonnadan ortiq hosil olinmoqda va tomorqachi 500 mln. soʻm atrofida daromad koʻrmoqda.

Shundan soʻng mehmonlar Chordara mahallasida joylashgan “Tomorqa xizmati” MChJning bazasida boʻlib, faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jamiyat tomonidan aholi tomorqasiga 12 yoʻnalishdagi xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. Ishtirokchilar jamiyatning aholining tomorqasidan koʻproq daromad olishiga koʻmaklashishga qaratilgan choralar, shu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tadbir davomida faol tomorqa egalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlariga maxsus texnikalar tantanali ravishda topshirilib, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yaratilgan imkoniyatlar haqida keng toʻxtalib oʻtildi.

Qayd etish joizki, jamiyat tomonidan 700 tonnalik sovutgichli omborxona, 40 ming dona joʻja chiqarish inkubatoriyasi, kuniga 1000 litr sutni qabul qilish va qayta ishlash tsexi, yiliga 3000 tonna mosh va 2000 tonna kunjut mahsulotlarini qayta ishlash, 400 tonna mevani quritish tsexlari tashkil qilingan boʻlib, 75 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Buguni kunda tumandagi 37 ming xonadon tomorqasiga kompleks xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Seminar mobaynida tumandagi soʻlim maskanlarning birida tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova soʻzga chiqdi.

Yigʻilishda joylardagi ogʻir sharoitdagi mahallalarni obod qilish, aholining tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini oshirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ishlarni tashkil etish va fuqarolar tomonidan kooperatsiyalar tuzilishiga koʻmaklashish, eng asosiysi, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha dolzarb masalalar xususida soʻz yuritildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tomorqaga kompleks xizmatlar koʻrsatuvchi subʼektlar sonini koʻpaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini yanada kengaytirish va aholi tomorqalarini xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada oshirish lozimligini alohida taʼkidladilar va shu yoʻnalishlarda ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

(Foto: Joʻqorgʻi Kengesning Axborot xizmati)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019