16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Fan va taʼlim 👁 474

MTTDA KOʻRGAZMALI SEMINAR: BOLA QALBIGA YOʻL TOPISh UChUN NIMALAR QILISh KERAK?

MTTDA KOʻRGAZMALI SEMINAR: BOLA QALBIGA YOʻL TOPISh UChUN NIMALAR QILISh KERAK?

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirib borishlariga sharoit yaratish, sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish shuʼbasi tomonidan turli sanalar munosabati bilan tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda

Joriy yilning 3-mart kuni tumandagi 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan “Goʻzal bahor” mavzusidagi koʻrgazmali seminar ham yosh avlod kamolotida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tutgan oʻrni va pedagog-tarbiyachilarning zamonaviy bilimlarni egallash borasidagi mahoratlarini ommalashtirishga bagʻishlandi. Seminarda Toʻlqin, Qipchoq, Qangli, Choykoʻl, Oq oltin ovullarida faoliyat olib boruvchi 13ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi.

Seminar oʻtkazish uchun mazkur 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti bejizga tanlanmagan. 2022-yilda, “Obod qishloq” dasturi doirasida qayta taʼmirlangan va zamonaviy qiyofa kasb etgan tashkilotning barcha xonalari shinam va yorugʻ, isitish tizimlari bilan toʻliq taʼminlangan.

Ayni paytda tashkilotda asosiy guruhlarda 105 nafar, majburiy maktabgacha taʼlim guruhida 25 nafar, shuningdek, 5ta qisqa muddatli guruhlarda 106 nafar bolajonlar taʼlim-tarbiya olishmoqda.

MTTda bolajonlarning zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Jamoaning barcha pedagog-tarbiyachilari oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib, rejaviy-jadval asosida oʻtkaziladigan har bir mashgʻulotning bolalar yoshiga mutanosib ravishda, davlat taʼlim meʼyorlari darajasida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Kichkintoylarning qiziqishlarini hisobga olgan holda koʻrgazmali vositalar bilan bezatilgan oʻyin xonalari, jonli tabiat burchagi, oʻsimliklar dunyosi haqida hikoya qiluvchi manzarali surat-lavhalar, ularning “Bu nima?” “Qachon?” “Qayerda?” kabi savollariga amaliy javob sifatida tashkil etilgan innovatsion albomlar, har bir guruh tarbiyalanuvchilarining qiziqish va intilishlarini aks ettiruvchi bolajonlar tomonidan yasalgan oʻyinchoqlar, chizilgan suratlar toʻplamlarining mavjudligi tashkilot pedagog-tarbiyachilarining izlanuvchan va mahoratli xodimlar ekanligidan yaqqol dalolatdir.

Toʻrtta guruhda tashkil etilgan ochiq tarbiyaviy mashgʻulotlarni tayyorlov guruhi tarbiyachisi Shahlo Shomurodova, 2-katta guruh tarbiyachisi Zilola Xolmanova, 3-oʻrta guruh tarbiyachisi Marjona Davlatbayeva, majburiy maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi Dilfuza Yoʻldoshevalar yuksak saviyada olib bordilar.

Xususan, bahor bayramlari ­– 1-mart – xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Navroʻz ayyomi toʻgʻrisida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda oʻtkazilgan qiziqarli mashgʻulotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, bahor bayramlarining xalqimiz hayotida tutgan oʻrni, milliy oʻzlikni anglash borasidagi ahamiyati, shuningdek, oʻzbek xalqining buyuk farzandi Zulfiyaxonimning shaxsiy hayoti va ijodi bilan bolajonlarni tanishtirish, ular qalbida badiiy adabiyotga, ayniqsa, sheʼriyatga ixlos va qiziqish uygʻotish borasidagi mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha tajribalari hamda uslubiy ishlanmalari seminar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Seminar davomida  ishtirokchilar guruhlarida xalqimizning oʻziga xos boy tarixiy merosi va milliy qadriyatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda oila, Vatan, ona tabiatga boʻlgan maʼnaviy-axloqiy munosabat hamda estetik qarashlarni shakllantirish, davlat ramzlariga, ona tiliga hurmat, kindik qoni tomgan tuproqqa muhabbat va gʻurur tuygʻularini uygʻotish maqsadida tashkil etilgan oʻzbek xalq ertaklari asosidagi kompozitsiyalar, maʼnaviyat va vatanparvarlik burchaklari bilan bezatilgan mashgʻulotlar xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Seminar yakunida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi uslubchisi Shahnoza Qilicheva hamda seminar ishtirokchilari MTT pedagog-tarbiyachilari tomonidan oʻtkazilgan ochiq mashgʻulotlarni tahlil qilishib, mashgʻulotlardan olgan taassurotlari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar. Ular, ayniqsa, MTTdagi tartib-intizom, pedagog-tarbiyachilarning madaniyati, mashgʻulotlarni tashkillashtirish va bola qalbiga yoʻl topish borasidagi yuksak pedagogik mahoratlariga yuqori baho berdilar. Shu bilan birga, mazkur muassasaning oʻziga xos ish faoliyatini pedagog-tarbiyachilarining uslubiy tajribalarini keng ommalashtirish zarurligini taʼkidladilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019