16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Jamiyat 👁 380

Choykoʻl ovuli va Boʻston mahallasida sumalak sayllari oʻtkazildi

Choykoʻl ovuli va Boʻston mahallasida sumalak sayllari oʻtkazildi

Bahor fasli nafaqat yosharish va yangilanish ayyomi, balki dillarni dillarga ulab, el-ulus, qoʻni-qoʻshnilar orasida ogʻzibirchilik, mehr-muruvvat har qachongidan ham kuchayib, oʻzaro birdamlik hukm suradigan fasldir. Boisi, ushbu faslda asriy anʼanalarimiz ulugʻlanuvchi bayramlar koʻp. Xalqimiz fevralning oxirgi kunlaridan boshlab, bahorning soʻnggi kunlarigacha sumalak sayllarini oʻtkazadilar. Mahalladoshlar esa, turli xil bahoriy taomlar tayyorlab, bir-biriga ilinishadi. Mahalladagi nochor, kam taʼminlangan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, necha-necha koʻngillar obod boʻladi. Bu yil ana shunday goʻzal va xayrli amallar qilinadigan navbahor fasli Ramazon bilan hamqadam boʻldi. Natijada, yurtdoshlarimiz qalbi saxovat-u, ehtiromga yanada toʻlib, joylarda sumalak sayllari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday goʻzal tadbirlardan biri yaqinda Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli va Boʻston mahallasida boʻlib oʻtdi. Choykul OFY xotin qizlar faoli Saylixon Muratbayeva boshchiligida tashkillashtirilgan sumalak saylida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova hamda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova, turli idora-tashkilotlardan kelgan mehmonlar, shuningdek, ovuldagi nuroniy onaxon-u, qiz-kelinchaklar, faol ayollar, mahalla ahli ishtirok etdilar.

Mahallaning Dilband-2 koʻcha boshchisi Rohatoy Yerekeyeva koʻchasidagi ayollar bilan birgalikda sumalak, koʻk somsa, patir, boʻgʻirsoq singari milliy yeguliklarimizdan dasturxon tuzab, mehmonlarni non-tuz bilan kutib oldilar.

Sumalak milliy taomining tayyorlanishi oʻzgacha bir zavqli jarayon boʻlsa, bugʻdoyni undirib, qozonga solishgacha boʻlgan jarayon ham muhim va masʼuliyatli hisoblanadi. Sababi, sumalakning qay darajada shirin va totli chiqishi aynan oʻsha jarayonga bogʻliq. Mahallaning kayvoni ayollaridan Bibisora Sultonova ana shu masʼuliyatli vazifani oʻz zimmasiga olib, bugʻdoyni oʻstirib bergan boʻlsa, Goʻzal Yovmutbayeva xonadonida doshqozon osildi.

Shuningdek, sumalak saylida Shirin Yusupova, Oysulton Boltabayeva, Nilufar Gaipova, Gavhar Shatayeva, Mamura Kamolova, Gulnora Raimova, Tozagul Xojiyeva singari bir qator faol ayollar qatnashdilar. Shu bilan birga, mahalladagi uchta xonadonda bayramona va bahoriy dasturxonlar yozilib, milliy taomlarimiz tortildi.

Mehmonlar va mahalla ahli ushbu noz-neʼmatlarlardan baxramand boʻlib, el-yurt tinchligi, dasturxonlarimiz toʻkinligini tilab, duoga qoʻl ochdilar. Non, patir, koʻk somsa, gumma, joʻxori kurtik, zogʻora, boʻgʻirsoq kabi neʼmatlarni tayyorlab, dasturxonga tortishda ovuldagi Mahmud Norbayev, Omongul Dustmuratova, Nurbek Urazimbetov, Gulasal Xaytakovalar oilalari faollik koʻrsatdi.

Shuningdek, milliy taomlarni tayyorlashda va mehmonlarni munosib kutib olishda Beshchinor koʻchasi boshchisi Malika opa Nurmanova, Dilband koʻchasi koʻcha boshchilari Zumrad Jabborova va Salima Gulmonovalar boshchiligida Saltanat Raxmatullayeva hamda muqaddas Qurbaniyazova xonadonlari ham faollik koʻrsatib, Shaxnoza Kazakova, Feruza Raimova, Nargiza Kamolova, Manzura Raxmatullayeva, Muhabbat Aliyeva, Toʻlgʻonoy Nurimova, Dilnoza Jumaniyazova, Muhabbat Kalliyeva kabi bir qator ayol-qizlar ham ushbu xayrli ishga hissa qoʻshdilar.

Milliy anʼanalarimiz aks etgan mazkur tadbir bahoriy kuy-qoʻshiqlarga, oʻyin-kulgularga ulanib ketdi.

Yana shunday “Sumalak sayli” tadbirlaridan biri tumanimizning Boʻston mahallasida ham oʻtkazildi. Ushbu tadbir ham milliy urf-odatlarimizni targʻib qilish, oʻzaro totuvlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat, xayr-u, saxovat tuygʻularini kamol toptirish niyatida tashkil qilindi.

Tadbir mahallada yashovchi tadbirkor Gulasal Oʻrozmetova xonadonida boʻlib oʻtdi. Xonadon hovlisida toʻrtta doshqozonda sumalak qaynatilib, jarayonga mahalladagi nuroniy onaxonlar, mahalla xotin-qizlar faoli Goʻzal Sobirova, ayol-qizlar, mahalladagi “Aristokrat baby” oilaviy bogʻchasining tarbiyalanuvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida milliyligimiz, milliy qadriyatlarimiz ulugʻlanib, “Alla”, “Yor-yor” kabi milliy oʻzligimizni aks ettiruvchi qoʻshiqlarimiz yangradi. Yigʻilganlar doshqozon atrofida ezgu tilaklar aytib, duoga qoʻl ochdilar. Mahalladoshlarni ezgu niyat ilinjida bir manzilga jamlagan sumalakka mehr, muruvvat, baraka yogʻilib, yurtdoshlarimiz qalblariga bahoriy iliqlik olib kirdi.

Sumalak sayli davomida saxovatpesha hamyurtimiz Gulasal Oʻrozmetova tomonidan mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olinib, sumalaklar tarqatilib, ularga bayram sovgʻalari ham topshirildi. Albatta, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan qanchadan-qancha koʻngillarga shodlik ulashilgan boʻlsa, ajab emas.

Ha, sumalak sayllarining ahamiyati, insonlarni birdamlikka, ogʻzibirchilikka, doʻstlikka chorlashida, ginalarni unutib, odamlarni kechirimlilik, bagʻrikenglik sari yetaklashidadir.

Aziza Madrahimova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019