16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:41
Fan va taʼlim 👁 440

MTTDA SEMINAR-TRENING: “ILK QADAM” DAVLAT DASTURI ASOSIDAGI MAVZULI TADBIRLAR QANDAY AMALGA OShIRILADI?

MTTDA SEMINAR-TRENING: “ILK QADAM” DAVLAT DASTURI ASOSIDAGI MAVZULI TADBIRLAR QANDAY AMALGA OShIRILADI?

Amudaryo tumanida 5ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda 101ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, ularga 3704 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Mazkur maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya ishlarini tashkillashtirishda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida belgilangan talablar asosida oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va aqlan, intellektual-maʼnaviy rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda MTTlarda bolalarning nutqiy jihatdan nuqsonsiz oʻsib-ulgʻayishlari, jismonan sogʻlom, aqlan yetukligini taʼminlovchi turli didaktik oʻyinlar, bola xotirasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi interfaol mashqlar oʻtkazish, shuningdek, pedagog-tarbiyachilarning bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi uslubchilari va mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, seminar-treninglar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Shu maqsadda 4-mart sanasida 5-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan seminar-trening ham MTT pedagog-tarbiyachilarining kasbiy mahoratini oshirish, oʻzaro tajriba almashish borasidagi fikrlarga boy tarzda oʻtdi.

Seminar-treningda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi uslubchisi Saule Patullayeva, Davlat xususiy sherikchilik asosidagi taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassisi Abdurashid Nasirillayev hamda hududlardagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va pedagog-tarbiyachilari ishtirok etishdi.

Seminar-treningda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida belgilangan vazifalar va davlat talablari haqida, tashkilotlardagi markazlarning joylashishi hamda taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan bolalarni rivojlantirish xaritalarining yuritilishi boʻyicha soha mutaxassislari tomonidan atroflicha tushunchalar berilib, kerakli maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida ish hujjatlarining yuritilishi yuzasidan ham amaliy-koʻrgazmali mashgʻulotlar olib borilib, tushuntirish-targʻibot ishlari ham oʻtkazildi.

Seminar davomida bolalarni rivojlantirishga qaratilgan 5ta asosiy yoʻnalish qamrab olinib, tegishli oʻquv dasturi asosida rejaviy-jadvalda belgilangan mavzuga mos interfaol mashqlarni bajarish, didaktik materiallarni qoʻllash texnologiyalari, mavzuga mos oʻyinlarni oʻtkazish uslublari, bolalar uchun sheʼr va qoʻshiqlarni tanlash mahorati toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan “oʻrgan-oʻrgat” tamoyili asosida tajriba almashuv soatlari tashkil etildi.

Shundan soʻng mazkur tayanch maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, trener-mentor Gulchehra Yoʻldosheva tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladigan yillik mavzuli ish rejasi asosidagi oy va hafta mavzulari boʻyicha slaydlar yordamida amaliy mashgʻulot tashkil etilib, unda mart oyining birinchi hafta mavzusi ­– “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bolajonlar ishtirokida tashkillashtiriladigan tadbirning bola tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan slayd namoyish qilindi.

Bundan tashqari, mavzu bilan tanishtirishda kuzatish, koʻrgazmali vositalarni qoʻllash, ogʻzaki va amaliy uslublardan hamda tarqatma manbalaridan foydalanish boʻyicha nazariy bilimlar ham taqdim etildi.

Seminar-treningda ishtirokchilar uchun “Mavsumiy oʻzgarishlar” mavzusida 5 ta rivojlanish yoʻnalishi asosida biri-biridan qiziqarli innovatsion mashgʻulotlar ham tashkillashtirildi. Unga koʻra, 5 ta rivojlanish yoʻnalishi asosida maqsadlarni toʻgʻri belgilash va ularni amalga oshirish usullari, texnologiyalari, ushbu mavzularda taʼlimiy faoliyatda foydalaniladigan koʻrgazmali jihozlar va tarqatma vositalarini tayyorlash boʻyicha oʻtkazilgan amaliy va nazariy mashgʻulotlar orqali ishtirokchilarning oʻz kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyati ham yaratildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026