16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:48
Jamiyat 👁 7,485

Amudaryo tumanida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosib nishonlandi

Amudaryo tumanida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosib nishonlandi

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan. Ayol bor ekan hayot goʻzal va mazmunli, xonadonlar obod va nurafshondir.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Ushbu sana butun dunyo boʻylab goʻzallik va nafosat timsoli boʻlgan ayol-qizlarning bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan ularga har doimgidan-da ulugʻ ehtirom koʻrsatilib, eʼzozlanadi va sharaflanadi.

Sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida ham katta kontsert dasturi tashkil etildi. Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Tuman hokimi oʻz nutqida yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasida ekanligi taʼkidladi, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tumanimizdagi ijrosi xususida toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalarda xotin-qizlarga koʻplab yangi imkoniyatlar berilmoqda. Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, tumanimizda 1000 nafardan ziyod tadbirkor ayollar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi” degan ezgu tamoyil asosida 2024-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 ming 600 nafar xotin-qizlarga turli yordamlar koʻrsatilib, “Ayollar daftari”dan chiqarildi. 4 nafar ayol-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi, 8 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyi homiylik hisobidan taʼmirlab berildi. Boquvchisini yoʻqotgan, yashash sharoiti ogʻir deb topilgan 15 nafar xotin-qizlarning uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlab berildi. Nogironligi boʻlgan 2 nafar ayolning jarrohlik amaliyoti uchun “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash” maqsadli jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratib berildi.

Qolaversa, Oila va xotin qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi asosida tumanimizdan 10 nafar xotin-qizlar Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi. “Ayollar daftari” jamgʻarmasidan 2 nafar, tuman hokimligi hisobidan esa 13 nafar oilaviy sharoitlari ogʻir xotin-qizlarning shartnoma pullari oliy taʼlim muassasalari toʻlab berildi.

Tuman hokimining tabrik soʻzidan keyin turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarga tashakkurnoma hamda bayram sovgʻalari topshirildi. Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan bir-biridan ajoyib chiqishlar, betakror kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi. Tumanimizning umidli xonandalari goʻzallik, sevgi, doʻstlik, bahor, ona va ayolni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar bilan barcha tadbir ishtirokchilariga yuqori bayramona kayfiyat bagʻishladilar.

Taʼkidlash joizki, ushbu bayram goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlugʻ sanada xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat va umumjamiyat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib boʻlmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayz-u baraka kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʻʼtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Ulugʻ donishmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida ham katta maʼno bor.

Fursatdan foydalanib, barcha dilbar ayol-qizlarni, onaxonlarimiz, opa-singillarimizni ezgulik va goʻzallik bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz, oilaviy xotirjamlik, xonadonlariga tinchlik, fayz-u baraka tilaymiz! Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogʻida, yaqinlaringizning eʼzozida yashang, aziz va muhtarama ayollar!

Tadbirdan fotolavhalar

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026