16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:19
Jamiyat 👁 426

Nuroniy onaxonlar – elning fayzi va duogoʻyi

Nuroniy onaxonlar – elning fayzi va duogoʻyi

Insoniyat tarixida ayol har doim ezgulik, vafo va mehr-muhabbat timsoli boʻlib kelgan. Ayniqsa, xalqimiz uchun ona siymosi har narsadan ustun, uning duosi esa eng buyuk kuch sanaladi. Shu bois yurtimizda xotin-qizlarga, xususan, hayotini el-yurt xizmatiga bagʻishlagan nuroniy onaxonlarga eʼtibor va hurmat ustuvor ahamiyat kasb etadi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida oʻtkazilayotgan ezgu tashabbuslar bunga yorqin dalildir. Bayram munosabati bilan tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova boshchiligidagi masʼullar nuroniy onaxonlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularni samimiy qutlashdi.

Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli nuroniy onaxon Svetlana Plotshina umrining 37-yilini yosh avlodga bilim berishga bagʻishlagan. U maktabda rus tili oʻqituvchisi sifatida minglab shogirdlarga taʼlim-tarbiya bergan. Bayram munosabati bilan tashrif buyurgan masʼullar uni samimiy muborakbod etib, sovgʻa-salomlar tuhfa qilishdi.

Shuningdek, masʼullar Xizr eli mahallasida yashovchi 110 yoshli nuroniy onaxon Pardagul Bekniyozova xonadoniga ham tashrif buyurishdi. 110 bahorni qarshilagan ushbu tabarruk onaxon uzoq yillar el-yurt xizmatida boʻlib, bugun farzand, nabira va chevaralarining duogoʻyi sifatida umr kechirmoqda.

Shu kuni Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi 102 yoshli Sharifa Babaniyozova xonadoniga ham tashrif buyurildi. Ona mehrining cheksizligi, inson hayotidagi beqiyos oʻrni haqida soʻz ketganda, mana shunday nuroniy onaxonlar timsolida bu haqiqat yanada yaqqol namoyon boʻladi. Ular yoshligida hayot qiyinchiliklari bilan kurashib, mashaqqatli mehnat qilgan, bugungi farovon kunlarning asosini yaratgan fidoyi avlod vakillaridir.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayollar nafaqat oilada, balki davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, fan-taʼlim, tibbiyot, sanʼat va madaniyat sohalarida ham yetakchi kuchga aylangan.

Bugun jamiyatda nuroniy onaxonlarimizning duosi, hayotiy tajribasi bebaho xazinaga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga munosib sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Shu bois, 8-mart arafasida bunday hurmat-eʼtiborning namoyon boʻlishi yuragida ona siymosiga nisbatan cheksiz muhabbat bilan yashaydigan xalqimizga xos ezgu qadriyatlarning ifodasidir.

Nuroniy onaxonlar – oʻtgan asrning barcha sinovlarini oʻz koʻzi bilan koʻrgan, el-yurtga fidoyi xizmat qilgan insonlar. Ular tinch va farovon yurtda farzandlari, nabiralari davrasida umr kechirayotganidan shukronalar aytib, duolar qilmoqda. Ularning xonadoniga tashrif buyurish, koʻngliga quvonch ulashish eʼtibor bilan birga insoniy burch hamdir.

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar, ayniqsa, hayotini fidokorona mehnatga bagʻishlagan nuroniy onaxonlar doimiy eʼtibor va eʼzozda. Zero, ayol – jamiyat tayanchi, oila bekasi, farzand tarbiyachisi. Ularga boʻlgan hurmat esa faqat bayram arafasida emas, balki doimo yuksak boʻlishi kerak.

S. Olloyorova, Amudaryo tumani hokimligi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019