16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 412

36-sonli maktabda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

36-sonli maktabda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning ustozlaridan olayotgan nazariy bilimlari bilan bir qatorda maktablarda oʻtkazilayotgan turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ham oʻrni alohida. Sababi, oʻquv darsliklaridagi murakkab mavzular, ularni oʻz vaqtida oʻzlashtirish, har kungi uy vazifalari oʻquvchilarni biroz charchatib, maʼnaviy hordiq olishga ehtiyoj uygʻotadi. Maʼlum sana yoki bayramlar munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar, undagi badiiy chiqishlar esa, oʻquvchilarga bayramona kayfiyat ulashibgina qolmasdan, yoshlarning jamoat ishlaridagi faolligini oshiradi, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy hayotiga daxldorlik tuygʻusini uygʻotadi.

Bahor fasli esa ana shunday goʻzal tadbirlarni tashkillashtirish, milliyligimizni, urf-odatlarimizni keng targʻib qilish va bu jarayonga oʻquvchi yoshlarni keng jalb qilishda ayni muddaodir. Mart oyining ilk kunlarida Xalqaro xotin-qizlar bayrami yurtimiz boʻylab keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan hududlardagi barcha taʼlim maskanlarida, muassasa va tashkilotlarda turli xil badiiy kechalar, tadbirlar, “Balli qizlar” singari koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi.

Yaqinda Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham ayollar bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi. Bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir avvalida maktabning ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirokida “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida yigʻilish oʻtkazildi. Unda mazkur fan oʻqituvchilarining dars oʻtish mahorati tahlil qilinib, kasbdoshlar dars oʻtishning yangi metodlari boʻyicha oʻzaro tajriba almashdilar.

Soʻngra, “Qizlarjonlar” bellashuviga navbat berildi. Mazkur tadbir maktabning 9-“A” va 9-“B” sinflari rahbarlari Dilnura Babaniyozova hamda Mevagul Qayipnazarovalar tomonidan tashkil qilindi.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sarvar Qutlimuratov kirish soʻzi bilan ochib berdi hamda barchani xotin-qizlar bayrami, bahor bayrami bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Shundan soʻng 9-“A” sinfning “Boychechak” guruhi va 9-“B” sinf qizlaridan tarkib topgan “Bahor” guruhi bir qator shartlar boʻyicha bellashish uchun davraga taklif etildi. Har bir guruhda olti nafar qizdan, jami 12 nafar qiz mahorat, epchillik, pazandalik boʻyicha kuch sinashdilar.

Birinchi shart “Tanishtiruv” sharti boʻlib, unda qizlar oʻzlarini tanishtirib oʻtdilar. Ikkinchi – “Salat tayyorlash” shartida qizlar oʻzlarining pazandachiligini namoyon qilib, turli xildagi bahoriy salatlar tayyorladilar. Uchinchi shartda oʻquvchi qizlarning stilist sifatida oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi. Yaʼni, shart davomida qizlarning goʻzallik yaratib, soch turmaklashiga baho berildi. Toʻrtinchi va beshinchi shartlarda ham qizlarning pazandalik qobiliyati, epchilligi sinovdan oʻtkazildi. Bunda ular dastlab chuchvara tugishdagi ustaligini namoyon qilishgan boʻlsa, keyin xamirdan unoshi qirqish boʻyicha mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Tadbir soʻngida qizlarning mehnati, harakati odilona baholandi va durang natija qayd etildi.

Shu bilan birga, maktabning 6-“A”, 7-“A” sinf qizlari tadbirga oʻzgacha kayfiyat olib kirib, bayramona raqsga tushdilar. 4-“B” sinf qizlari esa ona haqidagi yod olgan sheʼrlarini aytib berdilar. Tadbir davomida faol ishtirok etgan qizlarga bayram sovgʻalari topshirildi.

Shu kuni maktabga DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xodimlari ham tashrif buyurib, maktabning “Yosh chegarachi” klubi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Jarayon davomida maktab direktori Oʻktam Bidashevga DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism nomidan tashakkurnoma topshirilib, oʻzaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar eʼtirof etildi.

Shuningdek, DXX chegara qoʻshinlari qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Mirjahon Majidov ishtirokida maktabning “Yosh chegarachilar” klubi aʼzolari bilan koʻrgazmali mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026