16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Salomatlik 👁 587

Tuman Prokuraturasi tomonidan Tibbiyot birlashmasi faoliyati oʻrganildi

Tuman Prokuraturasi tomonidan Tibbiyot birlashmasi faoliyati oʻrganildi

Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish alohida eʼtibordagi, davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. Ayniqsa, aholining barcha qatlamlari, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza etishga, xalqimizning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish, sogʻlom bolalar tugʻilishi masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Amudaryo tumanida ham tibbiyot tizimida xizmatlar sifati va qulayligini yaxshilash, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni jahon andozalari darajasiga koʻtarish, sohada joriy etilayotgan islohotlarni amaliyotga tatbiq etish orqali onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish borasida davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi va birlashma tasarrufidagi tibbiy muassasalarda aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatish borasidagi ishlar oʻrganilib, tahlil qilindi.

Bugungi kunda aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibida 415-oʻrinli Markaziy shifoxona, 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi reabilitatsiya boʻlimi, jami 1455 qatnov-quvvatga ega boʻlgan 14 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinikalar hamda 4 ta oilaviy shifokorlik punkti orqali tibbiy xizmatlar koʻrsatilmoqda. Shuningdek, 11 ta mahallada tibbiyot punktlari faoliyat koʻrsatadi. Ushbu tibbiyot muassasalarida jami 800 nafardan ortiq salomatlik posbonlari xizmat koʻrsatib kelishmoqda.

2024-yil davomida tugʻish yoshidagi ayol-qizlardan 53 ming 241 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan 3 ming 910 nafarida ekstragenital kasalliklar aniqlandi va ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi.

Tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan eʼtibor tufayli 2024-yilda 14,4 mlrd soʻmlik keng miqyosli qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, 4 qavatli, 90-oʻringa moʻljallangan zamonaviy tugʻruq majmuasi foydalanishga topshirildi va mazkur majmua 10ta zamonaviy tibbiy anjomlar bilan taʼminlandi. Birlashma tasarrufidagi 6-sonli oilaviy poliklinika binosi mukammal taʼmirlanib, tomiga quvvati 10 kVt boʻlgan quyosh paneli oʻrnatildi va zarur ichki jihozlar bilan jihozlandi. Shuningdek, investitsiya dasturi doirasida Kuyuk koʻpir ovulidagi 5-sonli oilaviy poliklinika binosi 3 mlrd 251 million soʻm mablagʻ hisobiga yangidan qurildi.

Tumanning olis hududlaridagi aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik va tibbiyot punktlarining moddiy-texnik holatini yaxshilash, shifokorlar, umumiy amaliyot shifokorlari, tibbiy hamshiralar hamda tibbiy birodarlar, patronaj xizmati shifokorlari va hamshiralarining malakalarini oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻrganishlar davomida Tibbiyot birlashmasi faoliyatida erishilayotgan yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi qayd qilindi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash, nogironligi boʻlgan fuqarolarni alohida tizimga olish orqali ularning shart-sharoitlari yanada yaxshiroq tibbiy muassasalarda davolanishlari uchun imkoniyatlar yaratish, OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi)ga chalingan bemorlarni alohida reabilitatsiya qilish, bolalarda silga qarshi emlash ishlarini tashkil etish borasida baʼzi kamchiliklar mavjudligi aytib oʻtildi.

Ayniqsa, aholi murojaatlari bilan ishlash, shifoxona ichi infektsiyasiga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining soha vazirliklari tomonidan amaliyotga joriy etilishi koʻzda tutilgan buyruqlar va ulardan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan bilimlarini oshirib borish boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani, bir necha holatda xodimlarga mehnat taʼtili berish boʻyicha mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilmagani tanqid qilindi.

Ishonamizki, “Yutuq ham, kamchilik ham – oʻzimizniki, uni bartaraf etish – burchimiz” tamoyili asosida ish yuritishga odatlangan Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi mehnat jamoasi, oʻzlarining hamjihatliklari bilan yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha yakdil harakat qiladilar va aholi salomatligini muhofaza qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Chunki hamjihatlik bilan qilingan har qanday saʼy-harakat nafaqat mehnat jamoasi, balki xalqimiz uchun ham manfaatlidir.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026