16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 503

Taʼlim-tarbiyaga baxshida umr

Taʼlim-tarbiyaga baxshida umr

Har bir shaxs hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyat taraqqiyo­tiga munosib hissa qoʻshishga intiladi. Oramizda shunday odamlar borki, ularning faoliyati jonkuyarlik namunasi boʻlib, yosh avlod kelajagini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu kabi insonlarni bir soʻz bilan fidoyi ustoz, deb atashimiz mumkin. Umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bagʻishlagan Gulmirza Babajonovning kasbiy faoliyati ham shunday eʼtirofga munosib.

1964-yil 15-mart kuni Xitoy ovulida tugʻilgan Gulmirza Babajonov serfarzand, mehnatkash dehqon – Tajiboy ota va Nazira momolar tuzgan namunali oila muhitida voyaga yetdi. Qishloq hayoti, doimiy mehnat bilan uygʻun turmush tarzi yosh Gulmirzani bolalikdan chiniqtirdi. Ilmga boʻlgan ishtiyoqi esa maktab davridanoq yaxshi bilim olishga undadi.

Dastlab oʻsha davrdagi Hamid Olimjon nomli (hozirgi 78-sonli) boshlangʻich maktabda ilk saboqlarni oldi, 4-sinfdan esa 52-sonli maktabda tahsilni davom ettirdi. Bilimga chanqoqligi tufayli umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, katta orzular bilan maqsadlari tomon intila boshladi.

Maktab tahsilidan keyin harbiy xizmatga chaqirilgan Gulmirza Babajonov 2-yil davomida armiya safida xizmat qildi. Bu yillar uning shaxsiy kamoloti yoʻlida muhim ahamiyat kasb etib, katta tajriba va saboqlar bilan toʻlgan davrga aylandi. 1984-yilda harbiy xizmatni tugatib, ovulga qaytdi. Oʻtgan yillar oʻsmir Gulmirzada qatʼiyat va masʼuliyat koʻnikmalarini shakllantirdi.

1986-yilda taqdir Gulmirza Babajonovni Toshkent davlat xorijiy tillar instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ga yetakladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtib, oliygohning frantsuz tili fakultetiga qabul qilindi. Oʻqish davomida kunduzi taʼlim olib, kechqurun Chilonzor tumanidagi 37-sonli maktabda qorovullik qildi. 1992-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatib, frantsuz tili va milliy maktablarda rus tili va adabiyo­ti fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha diplom oldi.

Shu yili 52-sonli maktabda Gulmirza Babajonovning rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi sifatidagi mehnat faoliyati bosh­landi. U darslarni yuqori saviyada tashkil etish bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol boʻldi. Mehnatkashligi va taʼlim-tarbiya jarayoniga masʼuliyat bilan yondashuvi tufayli yuqori tashkilotlarning Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Bu eʼtirof yoshlar bilan ishlashdagi masʼuliyatni yanada kuchaytirdi.

2011-yilda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2016-yilgacha bu vazifada sidqidildan mehnat qildi. Shu bilan birga, 2013-yilda Namuna mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla raisi va maslahatchilar saylovini tashkil etish guruhi rahbari sifatida ham ishladi. Bu masʼuliyatli vazifani muvaffaqiyatli bajargani uchun 2014-yilda tuman hokimi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Qahramonimiz 2014-2019-yillarda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati sifatida ham samarali faoliyat yuritdi.

Turmush oʻrtogʻi Sayyora Rajapova bilan ikki oʻgʻil va ikki qizni tarbiyalab, ularni ham jamiyatga naf keltiradigan insonlar etib voyaga yetkazishdi. Oilaviy baxt, ishga sadoqat va ustozlik masʼuliyati uning hayotdagi asosiy qoidalaridir.

Hozirgi kunga qadar yoshlarning sevimli ustozi Gulmirza Babajonov 52-sonli maktabda rus tili va adabiyoti fanidan oʻquvchilarga dars berib kelmoqda. 2021-yil may oyidan boshlab bir muddat ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi sifatida ham faoliyat olib bordi.

Gulmirza Babajonov uchun ustozlik faqat kasb emas, balki hayotining mazmunidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026