16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:02
Jamiyat 👁 405

TUMANNING QATOR HUDUDLARIGA IChIMLIK SUVI QUVURLARI TORTILMOQDA. SUV QAChON KELADI?

TUMANNING QATOR HUDUDLARIGA IChIMLIK SUVI QUVURLARI TORTILMOQDA. SUV QAChON KELADI?

Suv – tiriklikning asosi, u bor joyda hayot qaynaydi va rivojlanadi. Bugungi ekologik holat va dunyo­ning ayrim burchak­larida kuzatilayotgan toza ichimlik suvi tanqisligi muammosi bizni shukur qilishga hamda obi-hayotni tejab ishlatishga chorlamoqda. Chindan-da, har neʼmatning soʻrovi bor. Suv ham Yaratganning bir neʼmati, uni isrof qilish katta gunoh boʻlsa, aksincha, toza ichimlik suvi yetib bormagan manzillarga suv yetkazish, saratonda suvsiragan bir jonzotga suv berish savob amallardan biridir.

Bugungi kunda yurtimizda suv taʼminotini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan markazlashgan holda taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada yurtimizning olis hududlarida ham suv taʼminoti muammolari ijobiy yechim topmoqda. Oldingiday yetti mahalla naridan paqirda suv tashish holatlari asta-sekin ertakka aylanib bormoqda.

Xabaringiz bor, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekis­ton Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2018-yil 28-dekabrda “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun qiymati 145 mln AQSh dollari miqdorida qarz bitimi imzolangan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi Qarori asosida bu boradagi amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Loyiha doirasida Amudaryo tumanida ham aholining toza ichimlik suvi bilan markazlashgan holda taʼminlanish darajasini sezilarli darajada yaxshilash koʻzda tutilgan. Loyihani amalga oshirish uchun Ozarbayjonning “ArchiCO Engineering company” qurilish korxonasi bilan hamkorlikda, qiymati 29 mln 30 ming AQSh dollariga teng shartnoma tuzildi. Lo­yihaga asosan tumanimizning Navoiy, Beruniy  va Bobur nomli, Boʻston, Chordara, Boy ovul, Olmazor, Gulzor, Doʻstlik, Arna boʻyi, Jumur ovul, Kuyuk koʻpir, Tosh yop, Xizir eli, Qilichboy ovul va mahallalarida jami 300 km dan ortiq uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari hamda 3 ta ichimlik suvi obʼekti qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi belgilangan.

Hozirgi kunda pudratchi tashkilotning 12 ta brigada tarkibidagi 155 nafar ishchisi 30 ta texnika yordamida “RU-1” nasos stantsiyasidan Qilichboy suv rostlash uzeliga, shuningdek, tuman markaziga, Kuyuk koʻpir ovuli hududiga va Kuyuk koʻpir ovuli hududidan “Yarimchi” nasos stantsiyasiga polietilen quvurlar yotqizib, qurilish va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirmoqda.

Ayni kunlarda tumanimizdagi Xitoy va Kuyuk koʻpir ovullari hududida hamda Mangʻit shahrining 1-qurilish hududida suv quvurlarini tortish jarayonlari uzluksiz davom ettirilib, shu kungacha tuman hududida jami 180 ming 106 metr uzunlikda turli xil oʻlchamdagi polietilen quvurlar yotqizildi.

Shu bilan birga, ishlar jadal surʼatlarda davom ettirilib, “RU-1” nasos stantsiyasida demontaj ishlari olib borilmoqda. Mazkur stantsiyadagi 2 ta 4 ming 300 metr kub suv saqlovchi rezervuarlarni tashqi qoplama bilan qoplash va betonlashtirish ishlariga hozirlik koʻrilmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu loyiha amalga oshishi natijasida Amudaryo tumanining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 48,5 foizdan 80 foizga yetkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, 2026-yil sentyabrgacha yuqorida tilga olingan hududlar markazlashgan suv taʼminoti bilan toʻliq qamrab olinadi.

Albatta, xalqni rozi qilish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun faqatgina qogʻozda emas, amalda ham oʻz ifodasini topmoqda. Biz esa, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, xalqimizni obi-hayot bilan taʼminlash borasida fido­yi mehnat qilayotgan soha xodimlarining xayrli ishlariga unum va baraka tilaymiz.

Aziza MADRAHIMOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026