16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 491

Aholi tomorqalari va ijaraga olingan yerlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Aholi tomorqalari va ijaraga olingan yerlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanidagi mahallalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy qilingan yangi tizim asosida tomorqa va aholi tomonidan ijaraga olingan yerlardan samarali foydalanish, shu orqali oilalar daromadlarini oshirish masalasida seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisi Anvar Jumanazarov, Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qoʻmitasi raisi Islam Sdiqov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tumandagi 49 ta ovul va mahallalar “yettilik”lari, tijorat banklari masʼullari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari dastlab tumanning Doʻrman ovulida yashovchi namunali tomorqachilar faoliyati bilan tanishdi. Doʻrmanlik Sardor Abdirimovning 5 sotix yer maydonida yetishtirilayotgan qulupnayidan bu yil ilk hosil olinmoqda. Sardor Abdirimovning dehqonchilik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadidagi tashabbusi hokim yordamchisi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, oʻtgan yili tadbirkorlik uchun 100 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻi ajratilgan va ushbu mablagʻ evaziga tomorqadagi 5 sotix yer maydoniga issiqxona qurilgan edi. Ayni paytda oilaviy mehnat natijasida issiqxonada yetishtirilayotgan qulupnaylar pishib, hosilga kirgan. Qulupnay hosilidan esa 150-200 mln soʻmgacha daromad olish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, dehqonchilikning sir-asrorlarini ota-bobolaridan oʻrganib kelgan doʻrmanlik Islombek Xoʻjaniyazov tomorqasidagi 4 sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxonada ham turli xil koʻchatlar yetishtirmoqda. Qolaversa, pomidor va bodring mahsulotlaridan ham yaxshigina daromad olinadi. 2023-yilda hokim yordamchisining qoʻllab-quvvatlashi bilan 27 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga issiqxonada yetishtirilgan koʻchatlar va mahsulotlarni ichki bozorlarda sotish yoʻlga qoʻyilgan. Shu orqali oilaning 4 nafar aʼzosining bandligi taʼminlangan. Yerdan va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish natijasida oilaning umumiy yillik daromadi 90-100 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Taʼkidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy qilingan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanishi orqali daromadlarini oshirish maqsadida Doʻrman ovuli Oltin soy koʻchasida har biri 1 sotixdan boʻlgan 20 ta issiqxonalar qurilib, hudud aholisining bandligi taʼminlanishiga va daromad olishiga zamin yaratilmoqda.

Seminarda mobaynida nafaqat dehqonchilik, balki chorvachilik, parrandachilikni ham yoʻlga qoʻygan doʻrmanlik Qudrat Yoʻldashevning faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Xonadondagi 20 sotix tomorqada yetishtirilayotgan turli sabzavot mahsulotlaridan yiliga ikki marta hosil olinayotgan boʻlib, daromad ham yaxshigina.

Xolimbeg ovulida yashovchi namunali tomorqachi Erkinboy Qoʻshayev faoliyatini oʻrganish mobaynida koʻrgazmali seminar ishtirokchilari limon yetishtirish boʻyicha oʻzaro bilim va tajriba almashdilar. Tomorqaning 1 sotix yer maydonida tashkil qilingan issiqxonada yetishtirilayotgan limondan bu yil ikkinchi marotaba hosil olinmoqda. Shuningdek, limon koʻchatlarini koʻpaytirish orqali tumanning boshqa hududlarida ham ushbu faoliyatni rivojlantirish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shu bilan birga, tomorqada qulupnay, xurmo mevalari, kartoshka, piyoz, karam kabi turli sabzavotlardan ham yaxshi hosil olinadi. Erkinboy Qoʻshayev quyonchilik, chorvachilik va parrandachilikni ham yoʻlga qoʻygan boʻlib, oilaviy mehnat natijasida yillik daromadi 90-100 mln soʻmni tashkil etadi.

Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Oq oltin ovulida koʻchat yetishtirishda ilgʻor tomorqachilardan biri boʻlgan Anvar Kamolov xonadoni boʻldi. Seminar ishtirokchilari yuqori bayramona tayyorgarlikda kutib olindi. Milliy taomlarimiz, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bezatilgan dasturxon Navroʻzning tobora yaqinlashayotganini yana bir bor esga soldi.

Tomorqada tashkil qilingan issiqxonada turli xil koʻchatlar yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2023-yilda hokim yordamchisining koʻmagi bilan 33 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻi evaziga olingan mototransport vositasi orqali yetishtirilgan koʻchatlarni ichki bozorga olib borib sotish yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, buyurtma asosida ham koʻchatlar yetishtirilib, tadbirkor bir yil davomida 60-70 mln soʻmgacha daromad olmoqda.

Toʻlqin ovuli ham dehqonchilik, tomorqachilik yuqori darajada rivojlangan hududlardan biri boʻlib, namunali tomorqa yer egalari ham talaygina. Shulardan biri Mansur Muxtarov tomorqasda 3 sotix yer maydonida koʻchatchilik uchun issiqxona tashkil qilib, 5-6 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlagan. Issiqxonada turli gullar, sabzavotlar va poliz ekinlari koʻchatlari yetishtirilib, ovul aholisiga hamda ichki bozorda sotish yoʻlga qoʻyilgan. Tomorqa haqiqiy daromad manbai ekanligini bilgan tadbirkor oʻz faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Toʻlqinlik yana bir ilgʻor tomorqachi Azimjon Muxtarov esa 7 sotix issiqxonasida pomidor va bodring mahsulotlarini yetishtirib, 2 marotaba yaxshi hosil va yuqori daromad olib kelmoqda.

Seminar ishtirokchilari tomorqalar hamda ijaraga olingan yerlarda tashkil etilgan ishlar bilan tanishish mobaynida oʻzlari ham ushbu soha boʻyicha qoʻshimcha bilim va tajribaga ega boʻldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026