16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:20
Jamiyat 👁 398

Tuman hududidagi koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazilmoqda

Tuman hududidagi koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazilmoqda

Manbalarga koʻra, eramizdan 3000-yil oldin misrliklar tomonidan ilk kadastr hisob-kitoblari oʻtkazilgan. Bu ishlar natijasida ishlab chiqilayotgan yer uchastkasining chegaralari oʻrnatilgan, yer toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar, yer uchastkalarining chegarasi va maydoni, egalik qiluvchilarning nomlarini hisobga olgan holda roʻyxatga olingan. Keyinchalik esa, Misrda yangi hisob-kitoblar oʻtkazilgan. Bundan maqsad ­– yerni taqsimlash va koʻchmas mulkdan soliq olishni amalga oshirish boʻlgan. Olingan daromadning beshdan bir qismi soliq sifatida toʻlanganligi aniqlangan, bu miqdorga bizning davrimizgacha amal qilinib kelingan. Shu tariqa, bunday yondashuv ming yillar oldin ham mavjud boʻlgan, XX asrda esa  mukammallashtirilgan.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi qonuni mamlakatimizda Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tamoyillarini belgilab beradi. Soʻnggi yillarda ham ushbu sohaga oid bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinib, joylarda ijrosi taʼminlanmoqda. Albatta, qabul qilinayotgan qonunlar doirasida amaliy ishlar qilinib, hududlarda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilayotgan binolar va inshootlar xatlovdan oʻtkazilib, aholi orasida bu boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni bu borada yangi imkoniyatlar eshiklarini ochdi. Ushbu qonunning maqsadi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ushbu Qonun 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi hamda ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi eʼtirof etiladi. Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun toʻqson toʻqqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq toʻqqiz yil etib belgilanadi.

Shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etilishi belgilab qoʻyilgan.

Qonunga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida toʻliq shakllantirilgan elektron yigʻmajild maʼlumotlari tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining eʼlonlar burchaklarida, Kadastr agentligining rasmiy veb-saytida hamda boshqa axborot manbalarida jamoatchilikka eʼlon qilinadi. Manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar boʻyicha eʼtirozlari mavjud boʻlgan taqdirda, elektron yigʻmajilddagi maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilingan kundan eʼtiboran, bir oy ichida ular boʻyicha vakolatli tashkilotlarga shikoyat qilishi mumkin.

Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda tuman hududida jami 45 ming 617 ta koʻchmas mulk obʼekti mavjud boʻlib, 2028-yil 1-yanvar kunigacha mazkur obʼektlarda xatlov ishlari olib borilishi belgilangan. Yuqoridagi Qonun yuzasidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tumanning tegishli mahallalari hududida 2024-yil 8-noyabrdan boshlab, koʻchmas mulklarni xatlov yoʻli bilan texnik inventarizatsiyadan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha Gulzor va Olmazor mahallalari hududlarida joylashgan koʻchmas mulk obʼektlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, “UZKAD” dasturiga integratsiya qilindi. 955 ta koʻchmas mulk obʼektlari “E’TIROF AT” dasturiga yuklanib, komissiyaga taqdim qilindi.

Ayni kunlarda tumanning Yangiobod mahallasi hududida joylashgan koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani filialining 19 nafar kadastr muhandislari bu jarayonda faol ishtirok etib kelmoqda.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026