16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:47
Jamiyat 👁 396

Amudaryo tumanida chigit ekish ishlari boshlandi

Amudaryo tumanida chigit ekish ishlari boshlandi

Mamlakatimiz aholisining asosiy qismi band boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasida paxtachilikni ilm va innovatsiyalar orqali rivojlantirish, yer va tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda urugʻlik mahsulotlarini tanlash, yerga qadalgan urugʻning bexato unib chiqishini taʼminlash maqsadida paxtachilik yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi qishloq xoʻjalik korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan har yili erta bahorda chigit ekish mavsumiga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki paxtachilikda yuqori natijalarga erishish aynan bahorgi tadbirlarning aniq va puxta tashkil etilishiga bogʻliq.

Joriy yil Amudaryo tumanida paxta ekiladigan maydonlarni chigit ekishga tayyorlash va mavsumni samarali tashkil etish borasidagi rejali saʼy-harakatlar, qolaversa, bahor faslining avvalgi yillarga nisbatan erta va iliq kelgani sababli dehqonlar uchun Navroʻz – qoʻshaloq ayyomga – yangi mehnat fasliga, yaratish va yashnatish bayramiga aylanib ketdi.

20-mart kuni Amudaryo tumanida 2025-yilgi hosil uchun chigit ekish mavsumining boshlanishiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar tashkil etilib, unda sohaga masʼul tashkilotlar, paxtachilik klaster korxonalari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Koʻrgazmali seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.

Seminar avvalida nuroniy otaxonlar duoga qoʻl ochib, yerga ilk urugʻ qadash mavsumini boshlab berdilar. Chigit ekish seyalkalari dala boʻylab bir tekis joʻyaklar hosil qilib, dehqon va fermerlar shu kundan boshlab Amudaryo tumanining yuksak paxta xirmonini bunyod etish borasidagi qizgʻin mehnat fasliga kirishdilar.

Koʻrgazmali seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev nutq soʻzlab, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor berilayotgani, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini zamon talablari darajasiga koʻtarish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator Farmon va Qarorlar qabul qilingani, shu asosda avval boʻlmagan imkoniyat va imtiyozlar yaratilgani xususida batafsil toʻxtaldi. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida Respublikaga, shu jumladan Amudaryo tumaniga ham qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnika va agregatlar olib kelinib, ish surʼatining oshishiga samarali taʼsir koʻrsatganini alohida taʼkidladi.

Koʻrgazmali seminar davomida soʻzga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning alohida eʼtibori bois, Amudaryo tumanida paxtachilik madaniyati yil sayin yuksalib borayotgani haqida soʻz yuritishib, ishtirokchilar joriy yilgi chigit ekish mavsumini qisqa fursatlarda, sifatli amalga oshirish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.

Seminarda tumandagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 32 ming 497 gektar maydonga bahorgi ekinlarni oʻz muddatlarida va sifatli tarzda ekish, bu borada qishloq xoʻjalik korxonalari rahbarlari va fermerlar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha taklif va tavsiyalari berildi.

Amudaryo tumanida joriy dehqonchilik yilida 16 ming gektar maydonga, shundan 12 ming 985 gektarga “Sulton”, 615 gektarga “Ravnaq-2” va 2 ming 400 gektar maydonga xorijiy navli chigit ekish, hosildorlikni har gektar hisobiga 35 tsentnerga, yalpi paxta hosilini 57 ming 220 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Ekish mavsumini sifatli va uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida 960 tonna urugʻlik chigit tayyorlanib, 16 hududda chigit yetkazib berish shoxobchalari tashkil etilgan.

Ayni paytda hududlardagi 215 ta urugʻlik chigit ivitish xandaqlarida malakali mutaxassislar nazorati ostida chigitni ivitish ishlari olib borilmoqda. 119 nafar aʼzosi boʻlgan 65 ta chigit ekish otryadi faoliyatiga 18 nafar klaster agronomlari, 9 nafar yer tuzuvchi muhandislar va 2 nafar Agroinspektsiya xodimlari jalb qilingan.

Chigit ekish otryadlariga biriktirilgan 3 ming 155 ta texnika va agregatlarning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida servis xizmati koʻrsatish, mutaxassislar va ishchilar uchun zarur mehnat, ovqatlanish va dam olish sharoitlari yaratilayotgani bois yerlarni ekishga tayyorlash ishlari sifatli olib borilmoqda.

Bundan tashqari, urugʻlik chigit yetkazib berishga moʻljallangan 17 ta, yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlovchi 17 ta, mineral oʻgʻitlar yetkazib beruvchi 17 ta texnikalar, mola, lazerli yer tekislash agregatlari, seyalka va tirkamalardan ham unumli foydalanilmoqda.

Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari tumanda chigit ekish mavsumiga yuqori saviyada, puxta tayyorgarlik koʻrilganini alohida qayd etishib, boshlanayotgan yangi dehqonchilik yilida amudaryolik paxtakorlarga katta yutuqlar tiladilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026