16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Qishloq xoʻjaligi 👁 390

Chorvachilik – oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik kafolati

Chorvachilik – oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik kafolati

Chorvachilik – Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish hamda ichki bozor narxlarini barqarorlashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalasi davlat siyosatida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan.

2025-yil 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda chorvachilik mahsulotlari – goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini kamida 10 foizga oshirish boʻyicha muhim topshiriqlar berilgan edi. Bu chora-tadbirlar sohani izchil rivojlantirish, chorvachilik xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash va oziq-ovqat mahsulotlarining barqarorligini taʼminlash maqsadini koʻzda tutadi.

Amudaryo tumani hokimining 20-mart kungi tegishli qaroriga muvofiq, tumanda chorvachilikni yanada rivojlantirish maqsadida fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari belgilandi. Shuningdek, mahallalarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Bu borada tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi va boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan sohani takomillashtirishga qaratilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, chorvachilik yoʻnalishidagi yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Shu maqsadda tegishli tijorat banklari ishtirokida moliyalashtirish choralari koʻrilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, chorvachilik subʼektlariga ajratilgan suvli yerlarni xatlovdan oʻtkazish va mavjud chorva mollariga mutanosib ravishda yer ajratish masalasi nazoratga olinadi.

Sohani rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish muhim vazifa sifatida belgilangan. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish maqsadida kamida bitta ixtisoslashgan urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, agrotexnika qoidalari asosida ekinlarni parvarishlash va oʻrim-yigʻim jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish nazarda tutilgan.

Chorva mollari va parrandalar uchun ozuqa yetishtirish hajmini oshirish maqsadida, hokimlik zaxirasidagi ekin yerlarining 10–20 foizini chorva ozuqa mahsulotlari uchun auktsion savdosiga chiqarish koʻzda tutilgan. Shuningdek, paxta va gʻalladan normativdan koʻp hosil olgan fermerlarga oʻz yer maydonining 25 foizida chorva uchun ozuqa ekishga ruxsat beriladi.

Chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimi yoʻlga qoʻyilib, ikki hafta ichida tumandagi barcha chorva hayvonlarini roʻyxatga olish ishlari boshlab yuboriladi va yil oxiriga qadar toʻliq yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi natijasida chorvachilik mahsulotlari hajmi kamida 10 foizga oshishi kutilmoqda. Bu esa ichki bozorda goʻsht, sut va tuxum taʼminotining koʻpayishi hamda narxlarning barqarorlashishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, fermerlar va tadbirkorlarning daromadi ortib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Chorvachilik sohasiga ilmiy innovatsiyalarni joriy etish mahsulot sifatini oshirishga imkon bersa, ozuqabop ekinlar yetishtirish hajmining kengayishi chorva mollari uchun barqaror ozuqa taʼminotini taʼminlaydi. Bu chora-tadbirlar orqali chorvachilik tarmogʻi izchil rivojlanib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga hissa qoʻshadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019