16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:12
Jamiyat 👁 414

Obodonlashtirish ishlari tizimli tarzda tashkil etilmoqda

Obodonlashtirish ishlari tizimli tarzda tashkil etilmoqda

Amudaryo tumani kun sayin yangi qiyofa kasb etmoqda. Hudud infratuzilmasining yaxshilanishi, yashil hududlarning kengayishi va aholining turmush sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar va mutasaddilar shaharsozlik qoidalariga amal qilgan holda, obodonlashtirish ishlarini jadallik bilan olib borishmoqda. Yoʻllarni taʼmirlash, jamoat joylarini koʻkalamzorlashtirish, tungi yoritish tizimini yaxshilash va sanitariya chora-tadbirlarini kuchaytirish orqali masʼul tashkilotlar aholi turmush farovonligiga katta hissa qoʻshmoqda.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan jo­riy yilgi bahor mavsumida umumiy hisobda 25 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.

Shu kunlarda Beshtom mahallasi hududida shoʻrlangan tuproq yerlar tozalanib, yangi ochilgan maydonlarga koʻchatlar oʻt­qazilyapti. Shuningdek, tuman boʻylab 22 gektar yer maydonda archa, tut hamda mevali va turli xil manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Bu ekologik muhitni yaxshilashga, havo tozaligini taʼminlashga va atrof-muhit koʻrkamligiga xizmat qiladi.

Bahor mavsumida bosh­qarmaga qarashli issiqxonada 100 ming tupdan ortiq gul yetishtirilishi koʻzda tutilgan. Hozirda petuniya, katarantus, zaʼfaron kabi turli xil xushmanzara gullar parvarish qilinmoqda.

Tumanda ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari ham keng koʻlamda olib borilmoqda. Chekka qishloqlardagi tuproqli yoʻllar bosqichma-bosqich taʼmirlanib, qum-shagʻal aralashmasi yotqizilmoqda.

Yuqori qishloq, Ayoqchi mahallalari, Xolimbeg va Qipchoq ovullarida belgilangan vazifalar rejadan ortiq bajarildi. Shu kunlarda Xitoy ovulida tuproqli ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizish ishlari jadal davom etmoqda. Bu nafaqat haydovchilar, balki piyodalar uchun ham qulaylik yaratadi. Yoʻllarning yaxshilanishi tumanda transport harakatining tartibli va xavfsiz boʻlishiga katta hissa qoʻshadi.

Koʻchalarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish ishlari ham muntazam ravishda olib borilmoqda. Markaziy koʻchalardagi tungi yoritish chiroqlari koʻzdan kechirilib, eski va nosoz chiroqlar zamonaviy yoritish uskunalariga almashtirilmoqda. Bu esa aholining tungi vaqtda xavfsiz harakatlanishiga sharoit yaratib, kechasi harakat xavfsizligini oshirish va shahar qiyofasini yanada chi­royli qilishga xizmat qiladi.

Bahor faslida quturish va boshqa kasalliklarning oldini olish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining max­sus brigadasi tomonidan sanitariya tadbirlari kuchaytirilmoqda. Xususan, daydi itlar nazorati kuchaytirilib, ular maxsus oʻrinlarga joylashtirilmoqda. Bu, ayniqsa, Doʻstlik mahallasidagi koʻp qavatli uylar atrofida koʻp uchraydigan muammolardan biri edi. Mazkur chora-tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlash, sanitariya holatini yaxshilash va infektsiya tarqalishining oldini olish maqsadida olib borilmoqda.

Tumanda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hududning umumiy qiyofasini tubdan oʻzgartirmoqda. Obodonlashtirish, yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash va sanitariya chora-tadbirlarini kuchaytirish orqali aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratilmoqda. Rivojlanayotgan infratuzilma, qulay ekologik muhit va aholi turmush sifatining yaxshilanishi esa Amudaryo tumanini yanada farovon va jozibali hududga aylantirishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019