16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Madaniyat 👁 765

Orol madaniyati sammiti doirasida Chilpiq tarixiy yodgorligida kontsert dasturi tashkil etildi

Orol madaniyati sammiti doirasida Chilpiq tarixiy yodgorligida kontsert dasturi tashkil etildi

Orol madaniyati sammiti doirasida qadimiy Chilpiq tarixiy yodgorligida ilk bor betakror musiqa ohanglari yangradi. Ochiq osmon ostida oʻtkazilgan kontsert dasturi nafaqat xalqimiz, balki xalqaro jamoatchilik qalbidan ham munosib oʻrin oldi.

Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 28-mart kungi “Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tashkil etildi. Qarorda Orolboʻyi mintaqasida qulay tabiiy muhit yaratish, noyob madaniyat va tarixiy merosni asrash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan. Shu bois, sammit har oʻn sakkiz oyda — bahor yoki kuzda doimiy ravishda oʻtkaziladigan yirik madaniy-ilmiy platformaga aylanishi koʻzda tutilgan.

6-aprel kuni boʻlib oʻtgan kontsert sanʼat va madaniyat xodimlari, yosh isteʼdod sohiblari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, mohir raqqosalarning chiqishlari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Musiqa, sheʼriyat va milliy raqslar uygʻunligi tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, nuroniylar, tumanimiz mehmonlari va mahalliy aholi ishtirok etdi. Tadbir mazmunan boy chiqishlar bilan davom etdi va yigʻilganlarga yana bir karra milliy faxr va ruhiy yuksalish baxsh etdi.

Kontsertda xalq artistlari, madaniyat xodimlari va tumanimiz sanʼatkorlari ijrosida milliy va zamonaviy estrada ohanglari yangradi. Ayniqsa, xorazmcha qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishlab, sanʼat shinavandalarini joʻshqin raqslarga chorladi.

Orol madaniyati sammiti doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar mintaqaning noyob madaniy merosini tanitish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sammit faqat kontsertlar bilan cheklanmay, keng qamrovli ilmiy va amaliy loyihalarni ham oʻz ichiga oladi.

Jumladan, barqaror yechimlar va strategiyalar yaratishga qaratilgan taʼlim dasturi asosida Orol maktabi faoliyatini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy meʼmorchilik asosida “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, bogʻ hududida joylashgan bolalar kutubxonasini qayta barpo etish, xalqaro tadqiqotlar va fanlararo hamkorlikni kuchaytirish kabi yoʻnalishlar belgilab olingan.

Chilpiq qoʻrgʻonida yangragan musiqa oʻtmish, bugun va kelajakni bogʻlovchi madaniy rishtalarni yaratdi. Xalqlar va millatlar oʻrtasidagi madaniy koʻprikka aylangan kontsert simfonik musiqa, Sharq sheʼriyati va xalqona ohanglarning mukammal uygʻunligini namoyon qildi. Qadimiy Chilpiq qoʻrgʻonida yangragan ohanglar Orolboʻyining ruhiy tiklanishi, madaniy qaytadan yuksalishi va global hamjihatlik sari tashlangan muhim qadamga aylandi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019