16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Fan va taʼlim 👁 467

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Mamlakatimizda Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa, mazkur tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tajriba va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, sohada oʻzaro sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ilgʻor innovatsion gʻoyalarni amaliyotga samarali joriy etishni taʼminlashga qaratilgan eʼtibor tufayli soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari nufuzi ortib, taʼlim-tarbiya sohasining ishonchli boshlangʻich tayanch boʻgʻiniga aylandi. Bunda soha vakillarining kasbiy malakasini oshirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan turli mavzulardagi koʻrik-tanlovlar, festivallar va musobaqalar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyrugʻi asosida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining majlislar zalida boʻlib oʻtgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining oʻrinbosarlari va tarbiyachi-pedagoglari ishtirokidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” kasbiy koʻrik-tanlovining tuman bosqichi ham bilimdon, tashabbuskor va oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan xodimlarni aniqlash, ularning tajribalarini ommalashtirish va ragʻbatlantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida uslubchi, tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritayotgan va kamida 2 yillik amaliy ish tajribasiga ega xodimlar qatnashishlari, ishtirokchilar oʻz kasbiy faoliyatlariga doir 3 daqiqalik videorolik tayyorlab, koʻrik-tanlov hayʼatiga taqdim qilishi, shuningdek, “Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchi boshqa yoʻnalishlardagi ishtirokchilarga innovatsion seminar tashkil etishi zarurligi musobaqa Nizomida belgilab qoʻyilgan.

Koʻrik-tanlovning ochilish marosimiga bagʻishlangan yigʻilishda soʻzga chiqqan Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov , Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Abdurahmonov va boshqalar koʻrik-tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil toʻxtalib, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tanlovda “Eng yaxshi MTT direktori oʻrinbosari”, “Yilning eng fidokor tarbiyachisi”, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Oʻz faoliyatida innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”, “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlodni maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” yoʻnalishlari boʻyicha 101 nafar tarbiyachi-pedagoglar va 12 nafar MTT direktori oʻrinbosarlari gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.

Tanlovning birinchi shartiga koʻra, test topshiriqlarini bajarish orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Birinchi shart boʻyicha 20 balldan yuqori natijaga erishgan 34 nafar tarbiyachi-pedagog va 9 nafar direktor oʻrinbosarlari ikkinchi shart talabiga koʻra, oʻz faoliyatlariga doir 3 daqiqalik videoroliklarini namoyish etdilar. Mazkur shart boʻyicha 40 va undan yuqori ball toʻplagan 19 nafar ishtirokchi tanlovning hal qiluvchi – uchinchi shartida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Koʻrik-tanlovning uchinchi sharti qizgʻin bahslarga boy va yuqori ishchanlik ruhida oʻtdi. Unga koʻra, “Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” yoʻnalishi ishtirokchilari kasbiy faoliyatiga doir seminar oʻtkazish, boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ikkinchi shart gʻoliblariga mashgʻulot-ishlanmalarini tayyorlash talablari qoʻyildi.

Uchinchi shart boʻyicha belgilangan talablarni toʻgʻri va muvaffaqiyatli uddalagan 51-sonli DMTT direktori oʻrinbosari Gulxumor Qozoqboyeva “Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” yoʻnalishida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ushbu yoʻnalishda 2-oʻrin 2-sonli DMTT direktori oʻrinbosari Salomat Toʻrayevaga, 3-oʻrin 44-sonli DMTT direktori oʻrinbosari Sevara Shamuradovalarga nasib etdi.

“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” yoʻnalishida 2-sonli DMTT tarbiyachisi Mavluda Kamalova birinchi, 40-sonli DMTT tarbiyachisi Muyassar Kenjayeva ikkinchi, 21-sonli DMTT tarbiyachisi Shahnoza Qoʻshmanova 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi yoʻnalishida I-oʻrin 48-sonli DMTT tarbiyachisi Oʻgʻiloy Sobirovaga, 2-oʻrin 45-sonli DMTT tarbiyachisi Oltinoy Oʻrazimbetovaga, 3-oʻrin 26-sonli DMTT tarbiyachisi Muborak Sabirovaga nasib etdi.

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” yoʻnalishida esa 6-sonli DMTT tarbiyachisi Durdona Qurbanbayeva birinchi, 44-sonli DMTT tarbiyachisi Barno Avezbayeva ikkinchi, 35-sonli DMTT tarbiyachisi Munira Qalandarova 3-oʻrinni egalladi.

“Eng yaxshi eko-tarbiyachi” yoʻnalishida 6-sonli DMTT tarbiyachisi Sadoqat Shamuratova 1-oʻringa loyiq koʻrildi. Ushbu yoʻnalishda 27-sonli DMTT tarbiyachisi Shahlo Jumamuratova ikkinchi, 22-sonli DMTT tarbiyachisi Dilnoza Nurimmatova 3-oʻrin sohibalari boʻlishdi.

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlodni maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” yoʻnalishi boʻyicha esa 44-sonli DMTT tarbiyachisi Sohiba Gulmirzayeva birinchi, 45-sonli DMTT tarbiyachisi Yulduz Adilova ikkinchi, 48-sonli DMTT tarbiyachisi Salima Matnazarova uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Koʻrik-tanlov yakunida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov tanlovning barcha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Koʻrik-tanlovda 1-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmalar berildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019