16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:23
Jamiyat 👁 492

Qangli ovulida suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi

Qangli ovulida suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda zamonaviy infratuzilmani yaxshilash va sogʻlom hayot sharoitini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda aholini toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangani bejiz emas. Chunki har bir insonning salomatligi, farovon hayoti va jamiyatning barqaror rivojlanishi ana shunday hayotiy zarurat — toza ichimlik suviga bevosita bogʻliq.

Yurtimizning barcha hududlarida yoʻl-qurilish, qayta tiklanuvchi elektr taʼminoti, taʼlim va tibbiyot muassasalarini barpo etish hamda modernizatsiya qilishga qaratilgan infratuzilma loyihalari izchil davom ettirilmoqda. Bunday tashabbuslar fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, shu orqali ularning islohotlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maʼnoda, Amudaryo tumanining Qangli ovulida yaqinda amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha — hududdagi toza ichimlik suvi taʼminoti muammosiga amaliy yechim boʻldi. Uzoq yillar davomida turli manbalardan suv isteʼmol qilib kelgan ovul aholisi uchun bu loyiha nafaqat katta yengillik, balki kundalik hayotga yangicha ruh, ishonch va ilhom olib kirdi.

Endilikda qangliliklar zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan inshoot orqali yer osti suvlarini tozalash imkoniga ega boʻldi. 500 dan ziyod xonadonga xizmat qilishga moʻljallangan ushbu inshoot foydalanishga topshirilishi orqali nafaqat aholining sogʻligʻi muhofaza etilyapti, balki umumiy sanitariya holati, hayot sifati va ekologik barqarorlik ham taʼminlanmoqda.

Mazkur xayrli loyiha “Tashwell” qurilish kompaniyasi tomonidan beminnat amalga oshirildi. Kompaniyaning mazkur tashabbusi aholining uzoq yillik ehtiyojini bartaraf etish bilan birga, jamiyatda oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Inshootning ochilish marosimida ovul fuqarolar yigʻini raisi Baxtiyor Pirmanov, loyiha koordinatorlari, nuroniylar, “mahalla yettiligi” hamda mahalliy aholi faol qatnashdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar “Tashwell” kompaniyasi rahbariyatiga samimiy minnatdorlik izhor qildilar. Nuroniylar esa qoʻllarini duoga ochib, ushbu xayrli ishning davomli boʻlishini va homiylar faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ahamiyatlisi, loyiha doirasida hududdagi maktab oʻquvchilariga badiiy adabiyotlar ham sovgʻa qilindi. Bu esa yosh avlodning maʼnaviy kamoloti, kitobga muhabbati va bilimga intilishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qildi.

Shubhasiz, qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash faqatgina sogʻliqni saqlash masalasi emas. Bu — mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Qangli ovulida amalga oshirilgan loyiha — ana shunday ezgu saʼy-harakatlarning yaqqol namunasidir. Haqiqat shundaki, toza suv — hayot manbai, unga ega boʻlish esa har bir insonning tabiiy va ajralmas huquqidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026