16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Sport 👁 788

Mini futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalarining tuman bosqichiga start berildi

Mini futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalarining tuman bosqichiga start berildi

Jamiyatning har tomonlama rivojlanishi uchun yosh avlodning sogʻlom va jismonan barkamol boʻlib ulgʻayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan sport va jismoniy tarbiyani keng targʻib qilish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yoshlarni ushbu sohalarga jalb etish dolzarb masalaga aylangan. Zero, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb qilish – sogʻlom jamiyat poydevoridir.

Shu maqsadda ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab anʼanaviy “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sport musobaqalarining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.  

8-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining sunʼiy qoplamali sport maydonchasida bu yilgi mazkur musobaqalarning tuman bosqichiga start berildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, tumanimiz yoshlarining ushbu bellashuvlarda ishtirok etishga boʻlgan qiziqishlari tobora ortib borayotgani, sport musobaqalarining yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdagi oʻrni va ahamiyati toʻxtalib oʻtdi. Tuman hokimi oʻz nutqida amudaryolik yoshlar ushbu musobaqalarda respublikada eng peshqadamlar safida ishtirok etib kelayotgani xususida soʻz yuritib, yoshlarga bu yilgi bellashuvlarda ham omad va zafarlar tiladi hamda ularning Oʻzbekiston miqyosida chempionlikni qoʻlga kiritishlariga ishonch bildirdi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar oʻsmir yigit-qizlarimiz “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarida Qoraqalpogʻiston miqyosida chempionlikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston bosqichida munosib ishtirok etib kelayotganini alohida eʼtirof etdilar.

Shundan keyin tumanimizdagi 49 ta ovul va mahallalaridan kelgan oʻsmir yigit-qizlardan iborat jamoalar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berilib, qizgʻin bahslar boshlab yuborildi.

Ilk uchrashuv Beshtom va Daryo boʻyi mahallasining oʻgʻil bolalar jamoalari oʻrtasida boʻldi. Oʻsmir qizlar oʻrtasidagi ilk bahsda esa Xolimbeg hamda Oq oltin ovuli jamolari oʻzaro bellashdilar.

Taʼkidlash kerakki, sport salomatlik va tarbiyaning asosidir. Sport nafaqat inson salomatligini mustahkamlashda, balki intizomli, sabrli va maqsadga intiluvchan shaxsni shakllantirishda ham muhim vositadir. Yoshligidan sport bilan shugʻullangan farzand jismoniy va maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetadi. Sport yoshlarga oʻz vaqtini toʻgʻri taqsimlashga, zararli odatlardan yiroq boʻlishga va hayotda faol pozitsiyani egallashga yordam beradi.

Mamlakatimizda yoshlarni sportga faol jalb qilish maqsadida taʼlim muassasalarida sport toʻgaraklari tashkil qilinib, muassasalarning infratuzilmasi rivojlantirilmoqda. Futbol, voleybol, kurash, suzish kabi toʻgaraklarda minglab yoshlar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazib, sportga oshno boʻlmoqda.

Bu borada turli musobaqalarning, shu jumladan mahallalarda muntazam oʻtkazilayotgan sport musobaqalarining ahamiyati ham katta boʻlmoqda. Bu orqali yoshlar oʻz iqtidorini namoyon etib, bir-biri bilan raqobatda yanada faol boʻlishga, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga odatlanmoqda.

Aytish joizki, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb qilish nafaqat ularning sogʻligʻi, balki jamiyat kelajagi uchun ham sarmoyadir. Zero, sogʻlom yoshlar – kuchli davlatning tayanchidir. Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun mini futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalar ham aynan ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019