16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:35
Jamiyat 👁 469

Nukus shahrida “Oʻzbekiston – yagona vatan!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi

Nukus shahrida “Oʻzbekiston – yagona vatan!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi

Navroʻz – asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ezgu niyatlar, yorugʻ umidlar bilan qarshi olingan, bugun esa yangi Oʻzbekistonda ham xalqimizning milliy qadriyatlari, mehr-oqibat va totuvlik timsoli sifatida keng nishonlanayotgan ulugʻ ayyomdir. Bahorning ilk nafasi, tabiat uygʻonishi, insonlar qalbidagi yangilanish va orzular uygʻunligida Navroʻz chin maʼnoda ezgulik va barakot bayramiga aylangan.

Yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham Navroʻz keng nishonlandi. Xususan, yaqinda Nukus shahrida joylashgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da “Oʻzbekiston – yagona vatan!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirlari Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi tomonidan bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari koʻmagida koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Tadbir doirasida dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan “Birgalikda kuchmiz” shiori ostida turli millat va elat vakillaridan iborat eko-volontyorlar ishtirokida ekologik aktsiyalar oʻtkazildi. Bu tashabbus yurtimizda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil davom etayotganining amaliy dalilidir.

Bayram tadbirlarida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar koʻrgazmasi, turli millat vakillarining milliy kiyimlardagi chiqishlari, madaniyat vakillarining kuy-qoʻshiqlari va sahna chiqishlari tomoshabinlarga bayramona ruh bagʻishladi. “Oʻzbekiston – yagona vatan!” shiori ostida oʻtkazilgan asosiy tantanali marosimda faol ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Tadbir doirasida “Doʻstlik uyi” sahnasi turfa millatlar madaniyati, urf-odatlari, kuy-qoʻshiqlari va anʼanalarini mujassamlashtirgan kontsert dasturlari namoyish etildi. Jumladan, Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabalari tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, moda koʻrgazmalari, “Qoraqalpoq qizlari”, “Lazgi”, “Shabandoz”, “Saxarda” singari sahna koʻrinishlari tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. Shu bilan birga, sport musobaqalari ham tashkil etildi.

Bayram dasturining yakunida mehmonlar uchun bayram oshi tortiladi. Milliy taomlar bayram dasturxonini toʻldirib, qadimiy urf-odatlarga boʻlgan ehtiromni aks ettirdi. Xalqimiz orasida “Navroʻzda bahor qanday kelsa, yil shunday oʻtadi”, degan naql bor. Koʻpni koʻrgan oqsoqollar bu yilgi bahorning fayzli kelayotganini, yil barakali va hosil moʻl boʻlishini bashorat qildilar.

Bugun Oʻzbekistonda turli millat va elat vakillari bir maqsad – yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshish yoʻlida birgalikda mehnat qilmoqda. Bu esa Vatanimizda barqarorlikning, tinchlikning va kelajak sari ishonch bilan intilayotgan jamiyatning yorqin ifodasidir.

“Oʻzbekiston – yagona vatan!” shiori ostidagi Navroʻz tantanalari nafaqat yigʻilganlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi, balki ezgu maqsadlarda birlashgan, farovonlik yoʻlida hamkorlikda harakat qilayotgan jamoaning, turli millat va elat vakillarining ahilligini, bagʻrikeng xalqlarning birdamligini amalda namoyon etdi. Zero, Navroʻz – bu nafaqat bahorning kirib kelishi, balki yuraklarda ezgulik, mehr-oqibat va yangilanish faslining boshlanishi, tinchlik, doʻstlik va ahillik ayyomidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026