16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Jamiyat 👁 369

Tumandagi “qizil” toifaga kiritilgan ovul va mahallalarni “yashil” toifaga oʻtkazishga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi

Tumandagi “qizil” toifaga kiritilgan ovul va mahallalarni “yashil” toifaga oʻtkazishga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar uchun xavfsiz va osoyishta muhit yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bu borada Prezident farmon va qarorlari asosida mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar profilaktika ishlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Jumladan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslari mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va aholining hamjihatligini taʼminlash, jinoyatchilikni keskin kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda yaqinda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi majlislar zalida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta oʻqituvchisi, podpolkovnik Iskandar Baydadayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori, kapitan Paraxat Kaipov hamda tuman IIB boshligʻi podpolkovnik Muxammedali Xojamuratov ishtirok etdi. Yigʻilish doirasida tumanning Beshtom, Bosuv, Gulzor, Doʻstlik va Navoiy mahallalarining “yettilik” aʼzolari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Mazkur qaror mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan.

Qarorning asosiy maqsadlari — mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tegishli idoralar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Shu munosabat bilan mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining oʻzaro muvofiqlashgan faoliyati taʼminlanishi lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, jinoyatchilikka moyil guruhlarni aniqlash va ular bilan maqsadli ish olib borishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Qarorda raqamli texnologiyalar va tahlil vositalari orqali nazoratni kuchaytirish, yaʼni yagona elektron maʼlumotlar bazasi asosida tezkor va samarali chora koʻrish tizimini shakllantirish ham ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilab qoʻyilgan. Har bir mahallada fuqarolarning ijtimoiy holati, muammolari va xavf darajalari aniqlanib, shunga qarab profilaktik ishlar samarali tashkil etiladi. Qaror ijrosida har bir mutasaddi shaxsning aniq vazifalari belgilab berilgan.

Shuningdek, qaror doirasida mahallalarga videokuzatuv kameralari oʻrnatish, profilaktika ishlarini moliyalashtirish hamda zarur texnik taʼminot bilan taʼminlash belgilangan. Bunda mahallalardagi muammolarni hal etishda aholining faol ishtirokini taʼminlashga eʼtibor qaratiladi.

Mazkur qaror ijrosi natijasida jamoat tartibini buzish holatlari kamayishi, fuqarolarning huquq va manfaatlari yanada samarali himoya qilinishini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy holatlarning oldi olinishi kutilmoqda. Yigʻilish davomida Respublika miqyosida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan samarali ishlar haqida ham atroflicha maʼlumotlar berildi. Har bir mahalla uchun alohida namunaviy “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgani va ularning ijrosi nazoratga olingani taʼkidlandi. Bu orqali jinoyatchilikning sezilarli darajada kamayishiga erishilayotgani qayd etildi.

Yigʻilish soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, Amudaryo tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Muxammedali Xojamuratov tomonidan joriy yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha tumanda jinoyatchilik salmogʻi oʻtgan yilga nisbatan 44 tadan 38 taga, yaʼni 13,64 foizga kamaygani qayd etildi. Bu koʻrsatkichga erishishda tumanda barcha idora va tashkilotlar hamda mahalla “yettilik”lari hamjihatlikda ish olib borgani, aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani muhim ahamiyat kasb etgani alohida taʼkidlandi.

Amudaryo tumanida ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mutasaddi idora va mahalla yettiliklarining oʻzaro hamkorligi, aholi bilan muloqot va targʻibot ishlari jinoyatchilik darajasini kamaytirishda oʻz samarasini bermoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019