16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Jamiyat 👁 339

Sayyor sud majlisida savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazolar qoʻllanildi

Sayyor sud majlisida savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazolar qoʻllanildi

25-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan tuman Soliq inspektsiyasi binosining majlislar zalida ochiq va sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova hamda sudya yordamchisi Elyor Jumaniyozov ishtirokida oʻtkazilgan mazkur sayyor va ochiq sud majlisida tuman Soliq inspektsiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 15 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish koʻrib chiqildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 164-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish holatlari boʻyicha 12 nafar shaxsga nisbatan ish materiallari koʻrib chiqildi. Ushbu shaxslardan 11 nafari tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab oʻttiz kunlik muddat ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgani va yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan ish yuritish tugatildi. Qolgan bir nafar shaxsga esa maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirgan 2 nafar shaxsga nisbatan ish materiallari ham koʻrib chiqildi. Sud tomonidan ularga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi hamda ish yuzasidan olingan ashyoviy dalillar davlat foydasiga musodara qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan soliq solish obʼektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek, toʻlov intizomini buzish holatlari boʻyicha ham ish materiallari koʻrib chiqildi. Mazkur ishlar yuzasidan huquqbuzar deb topilgan shaxslarga nisbatan qonun doirasida belgilangan jazolar tayinlandi va qonuniy, adolatli qarorlar qabul qilindi.

Sud majlisi davomida ishtirokchilarga maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga rioya etish va soliq intizomini mustahkamlash boʻyicha zarur tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, sudya Donaxon Yusupova tomonidan huquqbuzarliklarning davlat va jamiyat uchun salbiy oqibatlari — iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazishi, davlat byudjeti tushumlarining kamayishi, umumiy huquqiy muhitning zaiflashuviga olib kelishi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Ochiq va sayyor sud majlisida koʻrilgan ishlar yuzasidan qonun va adolat printsiplariga asoslangan holda qarorlar qabul qilindi. Bunday tadbirlar kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.

Donaxon Yusupova, jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining terov sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019