16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Fan va taʼlim 👁 431

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi – iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maskani

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi – iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maskani

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning iqtidorini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy taʼlimga oid xalqaro tajribalarni joriy etish, ilm-fanga intilish ruhini shakllantirish davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biridir. Ana shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida Prezidentning 2022-yil 14-aprel kungi Farmoni asosida Amudaryo tumanida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgani yoshlar uchun beqiyos imkoniyatlar eshigini ochdi.

2022-2023 oʻquv yilidan eʼtiboran oʻz faoliyatini boshlagan Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi qisqa fursat ichida tumandagi ilgʻor taʼlim maskanlaridan biriga aylandi. Maktabning bosh maqsadi – jahon tajribasi asosida keng dunyoqarashga, chuqur bilim va ilmiy salohiyatga ega, tanqidiy fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor va kelajakda milliy taraqqiyotga oʻz hissasini qoʻsha oladigan yoshlarni tayyorlashdan iborat.

Bu yerda taʼlimga yangicha yondashuv, innovatsion usullar asosida dars oʻtish, fanlararo integratsiyani taʼminlash va eng asosiysi, har bir oʻquvchi iqtidoriga koʻra individual yondashish printsipi joriy qilingan. Shu bois maktab oʻquvchilari nafaqat dars paytida, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham oʻz qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega.

Maktabda darslar taʼlimga yangicha yondashuv va innovatsion usullar asosida olib boriladi. Oʻquvchilarda nazariy va amaliy bilimlarni uygʻunlashtirish bilan birga, ularning koʻnikma va iqtidorlarini oshirishga xizmat qiladigan turli toʻgaraklar ham yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, aniq va tabiiy fanlar, sunʼiy intellekt, robototexnika kabi zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha bepul toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, IELTS, TOEFL, SAT va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov kurslari tashkil qilingani, bu yerdagi taʼlim darajasining xalqaro mezonlarga mos ekanidan dalolat beradi.

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi zamonaviy taʼlim talablariga toʻla javob beradigan infratuzilmasi bilan ajralib turadi. Mazkur maktabda oʻquvchilarning taʼlim olishi, izlanishi va fanga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab binosida 120-oʻringa moʻljallangan faollar zali mavjud. Bu zalda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, seminar va forumlar tashkil etilib, oʻquvchilarning ijtimoiy faolligi oshirilmoqda. Shu bilan birga, maktabda 2 ta zamonaviy kompyuter sinfxonasi tashkil etilgan boʻlib, ular zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. Bu esa oʻquvchilarga axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt va robototexnika kabi yoʻnalishlarda chuqur bilim olish imkonini beradi.

Maktabda tabiiy fanlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, kimyo, biologiya va fizika fanlari uchun moʻljallangan laboratoriyalar toʻliq jihozlangan. Bu laboratoriyalar orqali oʻquvchilar nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan bogʻlaydilar, murakkab jarayonlarni mustaqil oʻrganish imkoniga ega boʻladilar. Ushbu infratuzilma maktabning umumiy taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini hayotda qoʻllay oladigan, ilmiy fikrlashga ega shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda. Shu tariqa, maktab infratuzilmasi taʼlimning samaradorligini oshirish bilan birga, iqtidorli yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarishga ham muhim hissa qoʻshmoqda.

2023–2024 oʻquv yili natijalari Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida taʼlim samaradorligining yuqori darajada ekanini koʻrsatdi. Maktab bitiruvchilari bilimlari va intilishi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Jumladan, oʻtgan oʻquv yilida 45 nafar bitiruvchi yurtimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalariga yuqori ballar bilan qabul qilindi. Hozirda esa 80 nafar bitiruvchining ham 100 foiz natija bilan oliygohlarga oʻqishga kirishi kutilmoqda. Bu esa maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi mehnati samarasi sifatida eʼtirof etiladi.

Bundan tashqari, maktab oʻquvchilari respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan turli tanlovlar hamda olimpiadalarda ham faol ishtirok etib, munosib yutuqlarga erishmoqdalar. Xususan, 11-sinf oʻquvchisi Jahongir Yoʻldoshev AQShning TOP-300 roʻyxatiga kiruvchi 6 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasiga grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Bu nafaqat oʻquvchining shaxsiy yutugʻi, balki maktab jamoasining ham faxri hisoblanadi.

Asosiy fan olimpiadasining III bosqichida maktab oʻquvchilari 10 ta sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritdi, respublika bosqichida esa 2 nafar oʻquvchi munosib ishtirok etdi. Shu bilan birga, STEAM fanlari boʻyicha tashkil etilgan olimpiadada 7 nafar oʻquvchi sovrindor boʻlib, ulardan 4 nafari respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan matematika olimpiadasida ham maktab oʻquvchilari faol ishtirok etib, 2 nafar qiz respublika bosqichida oʻz bilim va salohiyatini namoyon etdi.

Ushbu yutuqlar maktabda yuqori saviyadagi taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilganini, oʻquvchilarning ilmiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻz samarasini berayotganini yaqqol koʻrsatib turibdi. Maktab jamoasi bundan keyin ham yosh avlodning bilimli, iqtidorli va vataniga sadoqatli shaxslar boʻlib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishda davom etadi.

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari umumtaʼlim fanlari boʻyicha ham yuqori natijalarga erishib, turli sertifikatlarga sazovor boʻlmoqdalar. Jumladan, 7-sinf oʻquvchilaridan 1 nafari IELTS, 1 nafari esa CEFR sertifikatiga ega boʻldi. 8-sinfda 2 nafar, 9-sinfda 6 nafar, 10-sinfda 18 nafar, 11-sinfda esa 47 nafar oʻquvchi umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Bu koʻrsatkich maktab oʻquvchilarining chet tillari va boshqa fanlar boʻyicha bilim darajasining yuqoriligini yaqqol namoyon etmoqda.

Maktabda taʼlim sifati yuqori darajada taʼminlangan boʻlib, bu birinchi navbatda bilimli va tajribali pedagog kadrlar mehnati samarasidir. Hozirgi kunda maktabda 25 nafar oliy toifali, 23 nafar I toifali va 4 nafar II toifali oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, 2 nafar oliy maʼlumotli mutaxassis va 47 nafar oʻqituvchi milliy sertifikatlarga ega. Bu oʻqituvchilar zamonaviy taʼlim metodlarini qoʻllash orqali oʻquv jarayonini yanada samarali tashkil etmoqdalar. Qolaversa, 4 nafar pedagog “Vazir ustamasi”ga ega boʻlib, oʻz sohasida yuqori mahorat va ilgʻor tajriba namoyish etmoqda.

Ushbu mutaxassislarning fidokorona mehnati va bilim berishdagi zamonaviy yondashuvi maktabning taʼlim sifatiga, oʻquvchilarning muvaffaqiyatlariga va ularning kelajakdagi yutuqlariga asosiy zamin yaratmoqda. Bu koʻrsatkichlar taʼlim sifati bilan bogʻliq asosiy mezonlardan biri — pedagog kadrlar salohiyati yuqori ekanini koʻrsatadi.

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul jarayoni tanlov asosida, belgilangan aniq fanlar va ingliz tilidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon maktabning yuqori taʼlim sifati va iqtidorli oʻquvchilarni saralashga qaratilgan tizimli yondashuvini namoyon etadi. Har yili 5-sinfga 48 nafar oʻquvchilar qabul qilinadi.

Talabgorlardan qabul jarayonida tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi, soʻnggi ikki oy ichida tushirilgan 3x4 santimetr oʻlchamdagi rasm hamda ota-onasi yoki qonuniy vakili pasporti nusxasi talab qilinadi.

Qabul jarayonining shaffofligi, adolatliligi va aniq mezonlar asosida amalga oshirilishi maktabdagi taʼlim sifati, oʻz navbatida, qobiliyatli va izlanuvchan oʻquvchilarni jalb qilish imkonini beradi. Bu esa maktabning yuksak natijalarga erishishida muhim omillardan biri hisoblanadi.

Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi – bu nafaqat taʼlim muassasasi, balki iqtidorlarni aniqlaydigan va ularga yoʻl ochib beradigan ilmiy-maʼrifiy maskandir. Ushbu maktab tuman yoshlari uchun kelajakka ishonch bilan odimlash, orzu va maqsadlar sari intilish yoʻlida muhim poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

Zero, taʼlim – taraqqiyot tayanchi, ilm – milliy yuksalish garovidir. Shu maʼnoda, bunday imkoniyatlar maktabida taʼlim olayotgan yoshlar ertangi rivojlangan Oʻzbekistonning salohiyatli yetakchilariga aylanishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019