16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Fan va taʼlim 👁 331

Amudaryolik tarbiyachi mamlakat miqyosida "Yilning eng fidokor tarbiyachisi" sifatida eʼtirof etildi

Amudaryolik tarbiyachi mamlakat miqyosida "Yilning eng fidokor tarbiyachisi" sifatida eʼtirof etildi

Yurtimizda taʼlim sohasini tubdan isloh etish, ayniqsa, maktabgacha taʼlim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki bolaning atrof-muhitni anglashi, bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishi aynan shu davrdan boshlanadi. Shu bois, maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, tarbiyachilarning bilim va mahoratini yuksaltirish, ularni ragʻbatlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon anʼanaviy tarzda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlov oʻtkazib kelinmoqda. Tanlov orqali pedagoglarning ilgʻor tajribasi ommalashtiriladi, ijodkorlik va yetakchilik qobiliyatlari eʼtirof etiladi. Shu bilan birga, bu tanlov soha vakillari oʻrtasida ijodiy muhit yaratish, sogʻlom raqobatni kuchaytirish hamda eng faol tarbiyachilarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Joriy yilgi tanlovning saralash bosqichlari mart–aprel oylarida tashkil etilib, final bosqichi 24–25-aprel kunlari Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtdi. Respublika miqyosida oʻtkazilgan mazkur nufuzli tanlovda yurtimizning barcha hududlaridan yetuk mutaxassislar ishtirok etdi.

Ushbu tanlovda Amudaryo tumani 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Mavluda Kamolova “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasida munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yutuq — uning uzoq yillik mehnati, yuksak masʼuliyat bilan amalga oshirayotgan pedagogik faoliyatining amaliy samarasidir. Tanlov ishtirokchilari pedagogik mahorat, bolalarga individual yondashuv, metodik yangiliklardan samarali foydalanish hamda tashabbuskorlik kabi muhim mezonlar asosida baholandi.

Mavluda Kamolovaning respublika miqyosidagi yutugʻi munosabati bilan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi. Unda boʻlim boshligʻi Yalgʻash Shomurotov, boʻlim metodisti Hulkar Babajanova, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori hamda tarbiyachilar ishtirok etdi. Tadbir davomida Mavluda Kamolova hamda uning ustozi – 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Muhabbat Xudaybergenovaga boʻlim rahbariyati nomidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan Mavluda Kamolovaning mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, doimiy izlanishda boʻlishi, bolalarga nisbatan mehribon va eʼtiborli munosabati eʼtirof etildi hamda kelgusidagi muvaffaqiyatlariga tilakdoshlik bildirildi. Shuningdek, uning bugungi yutugʻi nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki butun tuman maktabgacha taʼlim tizimi uchun faxr va ilhom manbai ekani taʼkidlandi.

Mavluda Kamolova 2017-yilda Nukus davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, shu yilning oʻzida Amudaryo tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida psixolog sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. 2019-yildan buyon esa mazkur tashkilotda tarbiyachi sifatida ishlab kelmoqda. Uning tarbiyaviy uslubi, bolalarga boʻlgan mehri, ishga masʼuliyatli munosabati doim hamkasblari va rahbarlar tomonidan yuqori baholanadi.

Darhaqiqat, bunday yuqori eʼtirof va mukofotlar soha pedagoglarini yanada ruhlantiradi, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan ishlashga undaydi. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kabi tanlovlar maktabgacha taʼlim tizimida ilgʻor tajribani ommalashtirish, ijodkorlik muhitini shakllantirish hamda kelajak avlod tarbiyasida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019