16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Siyosat 👁 362

Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Tadbirdan fotolavhalar

Urush — insoniyat oʻz qoʻli bilan, oʻziga qarshi oʻylab topgan eng qaygʻuli va dahshatli falokatlardan biridir. Ikkinchi Jahon urushi tarixdagi ana shunday eng halokatli va mashʼum voqea boʻlib, 70 milliondan ortiq inson hayotiga zomin boʻldi. Urush tufayli millatlar taqdiri oʻzgardi, shaharlar yer bilan yakson etildi, millionlab insonlarning bolaligi, yoshligi va umri xazon boʻldi.

Bu kabi ulkan fojiadan xulosa chiqarish — har bir avlodning insoniy burchidir. Tinchlik — beqiyos neʼmat, uni asrash esa har birimizning muqaddas vazifamizdir. Xotira ­– abadiy, qadr esa muqaddas tuygʻudir. Har yili 9-may sanasi munosabati bilan joylarda oʻtkaziladigan tadbirlarda ham shu ikki tuygʻu ulugʻlanib, urush qahramonlari eʼtirof etiladi, oʻtganlar xotirlanib, oramizdagi qahramonlar ­­– front orti mehnat faxriylariga ehtirom koʻrsatiladi.

8-may kuni Amudaryo tumanida ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, taʼlim muassasalari masʼullari va faxriylar qatnashdilar. Ishtirokchilarga Oʻzbekiston bayrogʻi tasviri tushirilgan “Sharaf lentalari” tarqatildi.

Tadbir avvalida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan yugurish marafonining gʻoliblari taqdirlandi.

Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Shuhrat Mamatovlar yigʻilganlarni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 80 yilligi bilan tabriklab, ushbu sananing mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanishi yurtimiz ozodligi, tinchligi va ravnaqi yoʻlida jon bergan, mehnat frontida fidokorona xizmat qilgan, urush maydonlarida va front ortida mashaqqat chekkan insonlarga boʻlgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi ekanini taʼkidladilar.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olinib, Qurʼon tilovat qilindi. Soʻngra ishtirokchilar tomonidan Motamsaro ona haykali yodgorligi poyiga gulchambarlar qoʻyildi.

Ikkinchi jahon urushi millionlab insonlarning bevaqt halok boʻlishiga, shaharlar va qishloqlar vayronaga aylanishiga, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda ogʻir oqibatlarga olib keldi. Urush nafaqat moddiy, balki maʼnaviy zarar ham yetkazdi — butun bir avlodning taqdiri vayron boʻldi, oilalar parokanda boʻldi. Nafaqat 5-yil davomida, balki urush tugaganidan keyin ham uning ayanchli oqibatlari tugamadi. Urushdan keyingi qayta tiklanish yillarida millionlab insonlar ogʻir mehnat va mashaqqat bilan iqtisodiyotni, infratuzilmani, ijtimoiy hayotni tiklash ishlarida fidoyilik koʻrsatdilar. Oradan 80-yil oʻtsa ham oʻsha mashʼum kunlarning chiqarilgan saboq bugungi avlodlarni tinchlikning qadriga yetishga chorlab kelmoqda.

Xotira va qadrlash kuni — bu faqat oʻtganlarni yod etish kuni emas, balki bugungi tinch hayotimizni qadrlash, xalqimiz koʻrsatgan jasoratni ulugʻlash, vatanga sadoqat ruhini avlodlar ongiga singdirish vositasi hamdir. Bu kun orqali yoshlarimiz yaqin oʻtmishda ajdodlarimizning qanday ogʻir yoʻllardan oʻtib, tinchlikka qanday qiyinchilik bilan erishganlarini his qilishadi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019