16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:36
Jamiyat 👁 263

YoShLAR MASALASI - DOIMIY EʼTIBORDA

YoShLAR MASALASI - DOIMIY EʼTIBORDA

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning kelajagi, taraqqiyot yoʻli, avvalo, uning bilimli, irodali, tashabbuskor va sogʻlom yosh avlodiga bogʻliq. Shu boisdan, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur islohotlar ijrosi, xususan, ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish boʻyicha respublika ishchi guruhi Amudaryo tumanida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Jarayon mobaynida respublika ishchi guruhi yoshlar bilan ishlashish boʻyicha tashkil etilgan tuman shtabi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashib, otaliqqa olingan yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan olib borilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati bilan ham yaqindan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga ajratilgan yerlardan samarali foydalanayotgan Amudaryo tumani Xizr eli mahallasida yashovchi Mansur Yoʻldashev va uning oila aʼzolarining iqtisodiy holati, turmush tarzi tobora yaxshilanmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 153-sonli qarori asosida yosh oila yaxshigina daromad manbaiga ega boʻldi. Yer maydoni ajratilishi tufayli 3 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. Yaxshi parvarish qilingan yerda turli xil sabzavot mahsulotlaridan yiliga ikki, uch marotaba moʻl hosil va yuqori daromad olinmoqda.

Taʼkidlash joizki, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularni iqtisodiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularning oʻz biznesini boshlashiga keng imkoniyatlar yaratmoqda.

2025-yil 14-fevral kuni imzolangan "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 62-sonli Prezident qarori asosida tumanimizdagi koʻplab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan tumanda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati oʻrganildi.

Qayd etish joizki, joriy yilning 14-fevral kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanni ommalashtirish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 61-sonli Farmon qabul qilingan edi.

Farmon bilan Toshkent shahri Olmazor tumani tajribasi asosida respublikaning har bir tumanida kamida bittadan maktabda muhandislik laboratoriyalarini tashkil etib, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash vazifasi belgilandi.

Respublika ishchi guruhi vakillari ushbu vazifalar ijrosi borasida Amudaryo tumanida tashkil etilgan ishlarni oʻrgandi hamda bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish, laboratoriya xonalari tashkil qilish, jihozlash yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026