16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 311

40-sonli maktabda “Doʻstlik maktablari” nomli festival oʻtkazildi

40-sonli maktabda “Doʻstlik maktablari” nomli festival oʻtkazildi

Yaqinda taʼlim sohasidagi muhim tashabbus – “Doʻstlik maktablari” loyihasi doirasidagi “Doʻstlik avtobusi” Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi. Tadbir doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, shuningdek, Nukus shahridagi 8-sonli, Kegeyli tumanidagi 14-sonli va Ellikqalʼa tumanidagi 25-sonli umumtaʼlim maktablaridan kelgan ustoz va oʻquvchilar Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni va erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov hamda maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova boshchiligida soha xodimlari va faol oʻquvchilar tomonidan maktab hovlisida tantanali ravishda kutib olindi. Qadimiy qadriyatimiz ifodasi sifatida mehmonlarga non-tuz tutildi.

Tadbirda milliy liboslarda namoyon boʻlgan oʻquvchi-yoshlar mehmonlarni iliq va doʻstona ruhda qarshi olishdi. Ularning rang-barang milliy kiyimlari nafaqat xalqimizning boy madaniy merosini, balki xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birdamlikni ham ifodaladi. Bu orqali yoshlar oʻrtasida umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusi yuksak saviyada namoyon boʻldi. Ayniqsa, tabiat bagʻrida rasm chizish bilan mashgʻul boʻlgan oʻquvchilar mehmonlar eʼtiborini tortdi. Festivalda tumanimizning 19-, 25-, 26-, 30- va 54-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va pedagoglari faol ishtirok etib, tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladilar.

Tadbir avvalida masʼullar tomonidan bunday madaniy-maʼrifiy uchrashuvlarning ahamiyati, yoshlar oʻrtasida doʻstlik, bagʻrikenglik, oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashdagi oʻrni hamda uning tarbiyaviy jihatdan mazmun-mohiyati alohida taʼkidlab oʻtildi. Chunki yurt tinchligi — eng ulugʻ neʼmat. Yagona xalq sifatida yelkadosh boʻlib yashash — biz uchun nafaqat hayot tarzi, balki maʼnaviy yuksaklik mezonidir.

Bugungi murakkab global jarayonlar davrida ana shunday ahil va totuv jamiyatni barpo etish, yoshlarimizni doʻstlik va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash taʼlim muassasalari va ota-onalar bilan bir qatorda jamiyatning barcha qatlamlari uchun ham muhim vazifa hisoblanadi. Shu maʼnoda, “Doʻstlik maktablari” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan har bir tadbir oʻquvchi-yoshlar qalbida millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik tuygʻusini mustahkamlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir.

Qolaversa, yosh avlodni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar bilan yaqindan tanishtirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jamoaviy ruhini shakllantirish ham ushbu loyihaning asosiy maqsadlaridan sanaladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatini 2025-yilda rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da ham ana shunday tashabbuslar alohida oʻrin olgan. Unda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda “Doʻstlik maktablari” loyihasi faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda joylarda koʻplab madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar va festivallar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar orqali oʻquvchi va ustozlar oʻrtasida muloqot, oʻzaro hamkorlik va tajriba almashuv jarayoni yanada kengayib, taʼlim sifatini oshirishda muhim omilga aylanmoqda.

Tadbirning yana bir muhim qismi sifatida mehmonlarga maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan qiziqarli dasturlar namoyish etildi. Ekskursiya davomida mehmonlar uchun maktab boʻylab tur tashkil etildi, unda maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova taʼlim maskanidagi oʻquv-tarbiya jarayonlari, fan xonalari, moddiy-texnik baza va oʻqituvchi hamda oʻquvchilarning ijodiy faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berdi. Mehmonlar maktabning taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishi va faolligiga yuqori baho berishdi.

Ekskursiya jarayonida variativ sinf oʻquvchilari tabiiy va aniq fanlar, shuningdek, xorijiy tillarga oid bilim va koʻnikmalarini amalda namoyon etishdi. Ular tayyorlagan qisqa chiqishlar, interaktiv mashgʻulotlar va koʻrgazmali materiallar orqali maktabdagi taʼlim sifati va oʻquv jarayonining samaradorligi yaqqol namoyon boʻldi.

Mehmonlarda, ayniqsa, "Shuhrat" medali sohibi, oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyozov rahbarligida oʻtkazilgan mashgʻulotlar unutilmas taassurot qoldirdi. Mashgʻulotlar ishtirokchilarga oʻqituvchining mahorati, ilgʻor uslublar orqali taʼlim berishi, shuningdek, oʻquvchilarning faolligi bilan manzur boʻldi. Taʼkidlash joizki, maktabning variativ sinf oʻquvchilari 100 foizlik natija koʻrsatib, yurtimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilinyapti. Bu, oʻz navbatida, taʼlim muassasasining sifat darajasini koʻrsatadi.

Ekskursiya davomida mehmonlar “Mohir qoʻllar” va robototexnika toʻgaraklari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ayniqsa, “Mohir qoʻllar” toʻgaragida chevar oʻquvchi-qizlar tomonidan tayyorlangan qoʻl mehnati mahsulotlari – milliy ruhda bezatilgan yumshoq oʻyinchoqlar, turli tikish-bichish ishlari va badiiy-amaliy namunalar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, yosh kitobxonlar bilan maktab kutubxonasida samimiy muloqot ham tashkil etildi. Suhbat davomida oʻquvchilarning kitoblarga boʻlgan muhabbati, badiiy adabiyotga boʻlgan munosabati va mutolaa madaniyati yuzasidan fikr almashildi. Maktab oʻquvchilari turli kitobxonlik tadbirlari, sheʼrxonlik kechalari, debatlar va adabiy tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kutubxona fondi nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining ham nodir namunalari, klassik hamda zamonaviy asarlar bilan boyitilgan boʻlib, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.

Ekskursiya maktabda tashkil etilgan “Turon teatri” jamoasining chiqishlari bilan yuqori ruhda davom etdi. Yosh ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, milliy va zamonaviy ohanglarning uygʻunligi, musiqa va raqsning jozibali tarzda namoyon etilishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy va zamonaviy cholgʻu asboblari sadosi ostida jonli ijro etilgan, yoshlik tuygʻularini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yuraklarga ilhom bagʻishladi. Yosh ijodkorlar qator chiqishlari bilan yigʻilganlar olqishiga sazovor boʻldi.

Tadbirning ikkinchi qismi maktabning faollar zalida davom etdi. Bu yerda “Barkamol avlod” bolalar markazi qoshidagi “Shoʻx bolalar” jamoasining chiqishlari hamda maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan rang-barang kontsert dasturlari namoyish etildi. Tomoshabinlarga oʻzbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq va rus xalqlarining kuy-qoʻshiqlari, milliy raqslari va teatr sahna koʻrinishlari taqdim etildi. Har bir chiqish milliy ruh, milliy libos va oʻziga xos badiiy uslub bilan boyitilgan boʻlib, ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, turli millatlar vakillari sifatida chiqish qilgan yoshlarning sahnada mushtarak gʻoya — doʻstlik va hamjihatlikni targʻib qilishi yuraklarga samimiy tuygʻular bagʻishladi. Bu chiqishlar millatlararo totuvlik va oʻzaro hurmatning amaliy ifodasi sifatida barchani ruhlantirdi. “Doʻstlik maktablari” loyihasi — bu faqatgina tashrif yoki kontsert emas, balki qalblar yaqinlashuvi, doʻstlik koʻpriklarining qurilishi, maʼnaviy birlik sari tashlangan muhim qadamdir. Amudaryo tumanida tashkil etilgan ushbu tadbir buning yorqin isboti boʻldi.

Bunday tashriflar oʻquvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, doʻstlik va oʻzaro hurmat tuygʻularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni ardoqlash, jamoada fikr yuritish va ijodiy salohiyatni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda tinchlik, barqarorlik va millatlararo hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan bu kabi saʼy-harakatlar yosh avlod qalbida ezgulik, bagʻrikenglik, hamkorlik va yurtparvarlik tuygʻularini mustahkamlab, ularni haqiqiy fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar etib tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019