16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:21
Jamiyat 👁 353

Oila mustahkamligi – jamiyat taraqqiyotining poydevori

Oila mustahkamligi – jamiyat taraqqiyotining poydevori

Yurtimizda sogʻlom va mustahkam oilalarni shakllantirish, milliy urf-odat va qadriyatlarni keng targʻib qilish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Ibratli oila” koʻrik-tanlovi oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur tanlov jamiyatda sogʻlom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, oila institutini rivojlantirish va namunali oilalarni keng jamoatchilikka namoyish etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilda ham ushbu tanlov respublika boʻyicha barcha hududlarda yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovda oʻzining mehr-oqibatli, ahil va oʻrnak boʻlishga arzigulik hayot tarzi bilan boshqalarga namuna boʻlayotgan oilalar ishtirok etdilar. Baholash mezonlari sifatida oilaning maʼnaviy-axloqiy muhiti, farzandlar tarbiyasi, ota-onalarning kasbiy faoliyati va jamiyatdagi faolligi kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida 15-may – Xalqaro oila kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram tadbirida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” respublika koʻrik tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichi gʻoliblari boʻlgan Amudaryo tumanidagi 11 ta oila vakillari munosib taqdirlandi.

Tadbirda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov soʻzga chiqib, yurtimizda oilaning jamiyatdagi oʻrnini oshirish, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalarda oʻzaro hamjihatlik, tinch va osoyishta hayot tarzini shakllantirish, oila mustahkamligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritdi.

Muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Oila – muqaddas dargoh, muqaddasligi shundan iboratki, avvalo, qayerda ishlasangiz ham, kim boʻlib ishlasangiz ham, agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida eʼtibor bermasangiz, hech qachon natija boʻlmaydi. Odam baxtliman deyishga qay darajada haqli? Agar oilang bilan sen baxtli boʻlsang, baxtliman deyishga haqing bor”.

Bayram tadbirida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” deya eʼtirof etilgan 11 ta oilalar aʼzolariga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni hamda esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Tuman Madaniyat boʻlimining isteʼdodli xonandalari ijrosidagi betakror kuy-qoʻshiqlar tadbirga yuqori bayramona ruh bagʻishladi.

Taʼkidlash kerakki, oila – bu ijtimoiy barqarorlik kafolati. Mustahkam oilalarda ulgʻaygan farzandlar oʻz yoʻlini topgan, maqsadli, bilimli va vatanparvar, barkamol avlod boʻlib voyaga yetadi. Bu esa bevosita jamiyatning ilmiy, iqtisodiy va maʼnaviy rivojiga xizmat qiladi. Aksincha, oilaviy muammolar, ajralishlar va befarzandlik kabi muammolar jamiyatda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, davlatimiz tomonidan oila institutini mustahkamlashga, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlashga, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning rolini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy dasturlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar – bularning barchasi jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.

Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining, yurt ravnaqi va millat kelajagining asosiy omilidir. Har bir fuqaroning burchi – oʻz oilasini eʼzozlash, uni maʼnaviy poklik va mehr-oqibat asosida qurishdir. Zero, mustahkam oila – buyuk jamiyatning asosi demakdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026