16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 375

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 9-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 9-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 23-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 9-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi – tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “8-Oʻrta qalʼa” saylov okrugidan deputat Fotima Yeshimbetova saylandi.

Kun tartibidagi birinchi masala – mahalliy byudjetning 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan hamda mahalliy byudjetning 2025-yil I chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan islohotlar ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov hisobot berdi.

Hokim oʻrinbosari oʻz hisobotida yoshlar mamlakatning kelajagi ekani, ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi, maʼnaviy kamoloti va ilm-fan sohasidagi yutuqlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatishini, shu boisdan yoshlarning muammolarini hal qilish va ularga yordam berish muhim vazifa ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonini yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu sababli mamlakatimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Tumanda joriy yil yanvar-fevral oylarida 14-30 yosh oraligʻida 53 ming 227 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularning 37 ming 435 nafari “yashil”, 15 ming 408 nafari “sariq” hamda 384 nafari “qizil” toifalarga ajratilgan. “Sariq” toifadagi 750 nafar yoshlar tumandagi 24 nafar rahbarga biriktirilgan.

Shuningdek, II chorak yakuni boʻyicha “Yoshlar daftari”ga tuman hududidan 203 nafar yoshlar kiritilib, shundan 119 nafariga kasb oʻrganishi, salomatligini tiklashi va maʼnaviy rivojlanishi uchun amaliy yordamlar koʻrsatilgan.

Sessiya kun tartibidagi keyingi masala 2025-yilda investitsiyalar, sanoat va savdo yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan ishlar haqida boʻldi. Ushbu masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Amudaryo tuman shuʼbasi bosh mutaxassisi Abbos Tursunboyev hisobot berdi.

Hisobotda keltirilishicha, tumanda 2025-yilda 317,8 mlrd soʻmlik 39 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, 732 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi va 16,8 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Shundan sanoat sohasida 153,8 mlrd soʻmlik 13 ta loyihalar asosida 480 ta ish oʻrni, qishloq xoʻjaligi sohasida 1,8 mlrd soʻmlik 2 ta loyihalar asosida 12 ta ish oʻrni, xizmat koʻrsatish sohasida 162,2 mlrd soʻmlik 22 ta loyihalar asosida 240 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda qiymati 5,6 mlrd. soʻmlik 11 ta loyihalar ishga tushirilib, 44 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – 2025-yilning 3 oyi mobaynida mahalliy byudjetning daromadlari hamda xarajatlari yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi.

2025-yil 3 oy davomida tuman mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 28 mlrd 401 mln 405 ming soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu reja jami 29 mlrd 448 mln 568,5 ming soʻmga, yaʼni 1 mlrd 47 mln 163,5 ming soʻmga yoki 103,7 foizga ortigʻi bilan bajarilgan. Tuman mahalliy byudjetidan hisobot davri davomidagi jami xarajatlari 35 mlrd 243 mln 497,8 ming soʻmni tashkil qilgan.

Sessiya majlisida “Amudaryo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Shukurullo Yusupov hisobot berdi. Hisobotda 2025-yil vegetatsiya davrida tuman boʻyicha jami 38 ming 107 gektar ekin ekiladigan maydon, shundan 16 ming gektar paxta, 5 ming 809 gektar kuzgi bugʻdoy, 825 gektar sholi va 8 ming 821 gektar boshqa ekinlar, shuningdek 6 ming 652 gektar tomorqa yer maydonlari sugʻorilishi rejalashtirilgani xususida soʻz yuritildi. Deputatlar tomonidan vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida hududlar boʻyicha ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar, hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 9-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019