16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:15
Jamiyat 👁 229

Amudaryo tumanida ichimlik suvi sifati boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Amudaryo tumanida ichimlik suvi sifati boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Suv — hayot manbai. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, mavjud manbalarni aniqlash, ularning holatini tahlil qilish va resurslarni oqilona boshqarish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biridir. Ekologik muvozanatga taʼsir etuvchi salbiy omillar taʼsiri ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasida toza ichimlik suviga boʻlgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, yer osti suvlaridan samarali foydalanish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda, Amudaryo tumanida ham Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining ichimlik suvidan oqilona foydalanish va sotishni muvofiqlashtirish hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish boʻlimi mutaxassislari hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining tuman filiali xodimlari hamkorligida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, soha masʼullari ishtirokida Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan yer osti suv olish inshootida nazorat va monitoring ishlari olib borildi.

Nazorat tadbiri davomida aholiga yetkazilayotgan suvning sifati, suv manbalari holati va ulardan foydalanish darajasi boʻyicha aniq maʼlumotlar yigʻilib, chuqur tahlil qilindi. Bu esa kelgusida suv taʼminotini yaxshilash, suv zaxiralarini oqilona boshqarish hamda sohadagi muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ayrim hududlarida ichimlik suvi tanqisligi kuzatilayotgani sababli chuchuklashtirish qurilmalaridan samarali foydalanish masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu bois, mavjud qurilmalardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” AJ balansida 143 ta chuchuklashtiruvchi inshoot mavjud. Ularning 68 tasi soatiga 1 kub metr, 75 tasi esa soatiga 8 kub metrdan ortiq quvvatga ega. Ushbu inshootlar asosan chekka hududlarda joylashgan aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynamoqda.

Yer osti suvlarini muntazam monitoring qilish maqsadida joriy qilingan kuzatuv punktlari orqali suv manbalarining ifloslanishi, zaxiralarning kamayishi yoki suv sathining koʻtarilishi kabi salbiy holatlar haqida tahlillar olib borilmoqda. Bu esa muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish choralarini koʻrishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktyabrdagi “Ayrim hududlarda yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi doirasida joylarda yer osti suvlari resurslarini samarali boshqarish, mavjud manbalarni muhofaza qilish va aholi talabini qondirishga yoʻnaltirilgan dasturlar izchil davom etmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish nafaqat mavjud zaxiralarni asrab qolish, balki aholini barqaror va xavfsiz ichimlik suvi bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, chuchuklashtirish inshootlarining samaradorligini oshirish va monitoring ishlarini kuchaytirish orqali aholining toza ichimlik suviga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsad qilingan.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019