16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:32
Fan va taʼlim 👁 178

Oʻtgan oʻquv yilida ham yangi marralar zabt etildi

Oʻtgan oʻquv yilida ham yangi marralar zabt etildi

Yurt taraqqiyoti, avvalo, bilimli va maʼnaviy yetuk avlodni voyaga yetkazishga bogʻliq. Taʼlim sifati qaysi hududda yuqori boʻlsa, oʻsha joyning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivoji ham shunchalik barqaror boʻladi. Bugungi kunda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar har bir hududda oʻz samarasini bermoqda. Amudaryo tumanida ham 2024–2025 oʻquv yilida qayd etilgan natijalar bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Joriy oʻquv yilida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarini 3480 nafar oʻquvchi-yoshlar tamomlamoqdalar. Ularning 29 nafari oltin va 7 nafari kumush medallar sohib va sohibalari boʻlishdi. 24-may kuni tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazildi. Tadbirlarda namunaviy xulqli va aʼlo baholarga oʻqigan iqtidorli oʻquvchilar ragʻbatlantirilib, ularning ota-onalariga “Minnatdorchilik xat”lari topshirildi.

Bu oʻquv yili ham yutuqlarga boy boʻldi. Jumladan, 40-sonli maktab jamoasi “Chet tillarini oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining II bosqichida 2-oʻrinni egallab, 200 mln soʻm pul mukofotiga sazovor boʻldi. Bu muvaffaqiyatda ingliz tili fani oʻqituvchilari N.Jumaniyazov va S.Karimova katta hissa qoʻshdi.

“Qoraqalpogʻiston ustozi” tanlovida ham 40-sonli maktabning 6 nafar oʻqituvchisi respublika bosqichida 1-oʻrinni egallab, maktab nufuzini yanada yuksaltirishdi. Ayniqsa, matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirov va fizika fani oʻqituvchisi Sarvar Yaxshimov gʻoliblik bilan birga Turkiya davlatiga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

36-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Charshamov fizika fani oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida II oʻrin sohibi boʻldi. 30-sonli maktabning oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi Farida Shamsutdinova 8 ballik S1 darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 40-sonli maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Iqboloy Yusupova “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida I oʻrinni, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida esa III oʻrinni egalladi.

Joriy yil 2-may kuni oʻtkazilgan Qoraqalpoq davlat universiteti "Rektor kubogi" olimpiadasida 40-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Barchinoy Xudoybergenova fizika fanidan II oʻrinni, 36-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Alibek Bobojonov esa kimyo fanidan II oʻrinni qoʻlga kiritib, Qoraqalpoq davlat universitetiga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Barchinoy Xudoybergenova MAAB akademiyasidan 35 mln soʻmlik vaucherga ham ega boʻldi.

Olimpiadalardagi umumiy natijaga koʻra, Amudaryo tumani 8 ta sovrinli oʻrin bilan Qoraqalpogʻistondagi 17 ta tuman orasida, Toʻrtkoʻl, Nukus va Qoʻngʻirot tumanlaridan keyin, jamoaviy 4-oʻrinni egalladi.

Eʼtiborli yutuqlardan yana biri — Jasurbek Umarovning Garvard universitetiga toʻliq grant asosida (360 ming AQSh dollari) oʻqishga qabul qilinishi boʻldi. U 9-sinfgacha tumanimizdagi 32-sonli maktabda oʻqigan, keyin esa Toshkent shahridagi “Sodiq School”da oʻqishini davom ettirgan.

Shuningdek, 148 nafar oʻquvchi ingliz tili fanidan V2 darajadagi milliy va xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi. Jumladan, 15-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Eleonora Erkaboyeva, 32-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Mirjamol Sultamuratov, 40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchilari Umidaxon Xudoybergenova, Ozoda Nurullayeva, Ogʻabek Joʻrayev, 56-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Neʼmatjon Madrahimov, 10-sinf oʻquvchisi Farida Tursunboyeva, 76-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Shohrux Baxtiyorov, 11-sinf oʻquvchisi Azimjon Bekporatovlar 6,5 – 7,5 ballik milliy va xalqaro darajadagi S1 sertifikatini qoʻlga kiritdilar.

Taʼlim tizimidagi yangilanishlar va loyihalar yosh avlodning salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 40-sonli maktabda “Doʻstlik maktablari” loyihasi doirasida oʻtkazilgan festivalda ham tumanimiz maktablarida yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayoni va oʻquvchilar yutuqlari namoyish etildi. 15-sonli maktabda esa xalqaro PISA 2025 baholash tadqiqoti oʻtkazilib, tumanimizning 15 yoshli oʻquvchilari ham ushbu sinovda ishtirok etdi. Mazkur tadqiqot Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 730 ta maktab orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab olingan 11 ta maktabda oʻtkazildi.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, 22-, 36- va 40-sonli maktablar taʼlim, ijtimoiy faollik va ijodiy salohiyatda peshqadamlar sirasida. Ayniqsa, 40-sonli maktab jamoasining yutuqlari alohida eʼtirofga loyiq.

Tuman maktablarida oʻtkazilgan koʻrgazma, debat, tanlov va olimpiadalar taʼlim jarayonini yanada boyitib, oʻquvchilarda ijodiy fikrlash, jamoaviylik, milliy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantirdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, 2024–2025 oʻquv yili Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi uchun mazmunli va muvaffaqiyatli yil boʻldi. Bu yutuqlarda fidoyi ustozlar, bilimga chanqoq oʻquvchilar, mehribon ota-onalar va jamoatchilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari mujassam.

Mamlakatimizda yaratilayotgan taʼlim muhiti – ertangi barkamol, raqobatbardosh va yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshuvchi avlod uchun mustahkam poydevordir.

Yalgʻash Shomurodov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019