16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:20
Iqtisodiyot 👁 589

“TADBIRKORLARGA HUQUQIY YoRDAM” AKTsIYaSI DOIRASIDA FERMER VA DEHQON XOʻJALIKLARI RAHBARLARI IShTIROKIDA UChRAShUV OʻTKAZILDI

“TADBIRKORLARGA HUQUQIY YoRDAM” AKTsIYaSI DOIRASIDA FERMER VA DEHQON XOʻJALIKLARI RAHBARLARI IShTIROKIDA UChRAShUV OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga berilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, xususiy mulkni har qanday tazyiqlardan himoyalash, biznes muhitini turli bosimlardan xoli qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, tadbirkorlik faoliyatining himoyasini yanada mukammallashtirish, ishbilarmonlarning haq-huquqlari, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan choralar koʻrilib, boʻlar-boʻlmas, noqonuniy tekshirishlarga chek qoʻyilayotgani, huquqi buzilgan tadbirkorlarga masʼullar tomonidan begʻaraz huquqiy maslahat va yordamlar taqdim etilayotgani bu borada oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Ayniqsa, masʼul tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari tomonidan hamkorlikda tashkil etilayotgan huquqiy maslahat va amaliy yordam tadbirlari tadbirkorlarning oʻz faoliyatlarini emin-erkin ado etishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar eʼtiborga munosib.

27-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ­– Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, tuman Adliya boʻlimi, Fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi hamda Savdo-sanoat palatasi masʼul mutaxassislari hamkorligida ishbilarmonlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. “Tadbirkorlarga huquqiy yordam” aktsiyasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tumanda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, namunali tomorqa yer egalari ishtirok etdilar.

“Fermer va dehqon xoʻjaliklariga huquqiy yordam” mavzusidagi uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammoli masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashilib, tadbirkorlarga zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida fermerlarni qiynab kelayotgan muammolardan biri – fermer xoʻjaliklari va klaster korxonasi oʻrtasida har yilgi hosil boʻyicha tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarining ayrim bandlari boʻyicha tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subʼektlariga taalluqli mulk daxlsizligini taʼminlash, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari, ish beruvchi hamda ishchi-xodimlar oʻrtasidagi mehnat shartnomasining amal qilish muddatlari va mehnat haqi toʻlashning shakllari toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, fermerlar va tadbirkorlar tomonidan tushgan savollar, ularning faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalar hamda takliflar masʼullar tomonidan atroflicha oʻrganilib, tadbirkorlar bilan birgalikda muhokama qilindi va bu boʻyicha tushunmovchiliklar uchrashuv jarayonida bartaraf etildi.

Qizgʻin bahs-munozaralarga boy, huquqiy savol-javoblar tarzida oʻtgan uchrashuvda ishbilarmon va tadbirkorlar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar boʻyicha huquqiy bilimlarini yanada oshirish imkoniga ega boʻldilar.

Xulosa qilib aytganda, tumanimizda tadbirkorlik subʼektlariga qaritilayotgan bu kabi eʼtibor iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, tadbirkorlarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrnini mustahkamlash, ishbilarmonlarning haq-huquqlari hamda samarali faoliyatini taʼminlash orqali aholi farovonligini yanada oshirish imkonini beradi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026