16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:16
Jamiyat 👁 256

Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkazildi

Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkazildi

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham fuqarolar yigʻini raisligiga saylov jarayonlari uyushqoqlik va oshkoralik asosida oʻtkazilmoqda. Umumiy hisobda mamlakat boʻyicha 9500dan ortiq fuqarolar yigʻini raisi saylanadi. Amudaryo tumani boʻyicha esa jami 49 ta fuqarolar yigʻinlarida saylovlar oʻtkazilmoqda. Ushbu saylovlarni oʻtkazish maqsadida fuqarolar yigʻini raisi saylovini tashkil etishga koʻmaklashuvchi tuman komissiya tuzilgan. Komissiya tarkibiga idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar va jamoatchilik vakillari jalb etildi. Komissiya qaroriga asosan, saylovchilarning kamida 12 foizini qamrab olgan vakillar saylovlarda ishtirok etishi belgilangan. Xalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga asosan saylovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maxsus tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yaqinda Choykoʻl ovulida ham fuqarolar yigʻini raisi saylovi boʻlib oʻtdi. Hududdagi madaniyat markazi binosida oʻtkazilgan saylovda saylovchilar vakillarining 80 foizdan ortigʻi ishtirok etdi. Saylov jarayoni oshkoralik, tenglik va shaffoflik tamoyillari asosida yuqori saviyada tashkil etildi.

Mahalla raisi lavozimiga qoʻyilgan asosiy talablarga koʻra, nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, saylovgacha kamida 5-yil tegishli hududda doimiy yashagan, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik yoki boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish va hayotiy tajribaga hamda aholi orasida obroʻ-eʼtiborga ega shaxs boʻlishi shart.

Joylarda fuqarolar yigʻinlari qarori bilan saylovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tuzilgan boʻlib, ularning tarkibiga tegishli hududda joylashgan mahalla, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek tuman kengashi deputatlari kiritilgan. Ishchi guruhlar tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda qonunda belgilangan muddatda rais lavozimiga nomzodlarni koʻrsatdilar.

Keyingi bosqichda esa tuman hokimi fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqib, ishchi guruhlarga topshirish uchun ushbu nomzodlar boʻyicha oʻzining asoslantirilgan xulosalarini tegishli komissiyalarga yubordi.

Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasdan, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni qonunga muvofiq ravishda mustaqil hal etishi belgilangan. Davlat esa mazkur organlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi va ularga qonun bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.

Fuqarolar yigʻini raisi saylovi “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun asosida tartibga solinadi. Keyingi yillarda mazkur qonunga mahalla raislari saylovi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Jumladan, qonunga kiritilgan oʻzgartishlarga asosan, fuqarolar yigʻini raisining vakolat muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirildi. Shuningdek, boʻshab qolgan lavozim oʻrinlariga ham fuqarolar yigʻini raislari besh yil muddatga saylanishi belgilandi.

Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinidagi saylovda ishtirok etgan nomzodlar saylovchilarni oʻz dasturlari bilan tanishtirdi. Saylov jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali oʻtkazildi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra shu kungacha mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Bekzod Aytekov saylovchilarning 91 foiz ovozini toʻplagan holda Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi etib saylandi.

Ayni paytda tumanimizning boshqa ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham fuqarolar yigʻini raisi saylovlari davom etmoqda.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019