16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:00
Jamiyat 👁 341

Internet – yoshlarga imkoniyatmi yoki tahdid?

Internet – yoshlarga imkoniyatmi yoki tahdid?

XX asr oxirida internet odamlar hayotiga keng kirib keldi. Bu texnologik yutuq jamiyat taraqqiyoti uchun yangi ufqlarni ochdi. “Uzoqni yaqin qildi” degan ibora aynan internetga nisbatan aytilgandek tuyuladi. Chunki odamlar minglab kilometr uzoqlikdagi insonlar bilan bir zumda muloqot qilish, maktab loyihalari uchun kerakli maʼlumotlarni topish yoki hatto kechki ovqat uchun retsept izlash imkoniyatiga ega boʻldi.

Bugungi kunda internet turli yoshdagi insonlar uchun bebaho manbaga aylangan. Bilim olish, yangiliklardan xabardor boʻlish, onlayn savdo qilish kabi imkoniyatlar hayotimizni ancha yengillashtirmoqda. Ayniqsa, elektron tijorat, bank xizmatlaridan foydalanish, masofaviy ishlash kabi jarayonlar odatiy holga aylandi. Bu esa kundalik hayotda vaqt va kuchni tejashga xizmat qilmoqda.

Biroq internetning salbiy taʼsirlarini ham inkor etib boʻlmaydi. Bugun bolalar va yoshlarning koʻpchiligi kunning asosiy qismini ekran qarshisida oʻtkazmoqda. Bu holat ularning hayot tarzi, ruhiy holati va jamiyatdagi oʻrni bilan bogʻliq turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Internetdan ortiqcha foydalanish oqibatida mustaqil fikrlash salohiyati zaiflashmoqda, cheksiz axborot oqimi esa yoshlarni chalgʻitib, bilim olishga boʻlgan qiziqishni kamaytirmoqda. Oqibatda real hayotdagi muloqot ikkinchi darajaga tushib qolmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi yolgʻon maʼlumotlar, manipulyatsiya va zararli kontent yosh ongga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu esa ularda befarqlik, yolgʻizlik, hatto depressiya holatlarini keltirib chiqarmoqda.

Sogʻliq nuqtai nazaridan ham internetdan haddan tashqari foydalanish jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Doimiy ravishda ekran qarshisida oʻtirish koʻz salomatligiga zarar yetkazadi, notoʻgʻri holatda oʻtirish esa gavda tuzilishini buzadi. Uyqu rejimi buzilishi va jismoniy faollikning kamayishi umumiy salomatlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. “Yoshlar siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun, “Yoshlar daftari” kabi tashabbuslar orqali ular bepul taʼlim olish, kredit va grantlar asosida oʻqish, kasb-hunar oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Bu esa yoshlarning oʻz ustida ishlashi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun zamin yaratmoqda.

Afsuski, ushbu imkoniyatlar hamisha toʻgʻri yoʻnaltirilmayapti. Ayrim yoshlar bu imkoniyatlardan unumli foydalanish oʻrniga vaqtini foydali boʻlmagan, baʼzan zararli kontentlar bilan oʻtkazmoqda. “Toʻqlikka shoʻxlik” degan ibora aynan shunday holatlarga mos keladi.

Koʻp yillik tajribaga ega ustozlarimizning fikrlariga koʻra, internet yoshlar uchun bilim va madaniyat eshiklarini ochgani barobarida yuzma-yuz muloqotning kamayishiga ham olib kelmoqda. Yoshlar virtual hayotda yashashga moyil boʻlib borayotgani esa ularda psixologik muammolar, oʻzini past baholash va yolgʻizlik hissining kuchayishiga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga, internetda tarqalayotgan sunʼiy standartlar va soxta ideallar yoshlarni hayotga nisbatan notoʻgʻri yondashuvga olib kelayotgani taʼkidlandi.

Bularning barchasi shuni koʻrsatadiki, internet hayotimizga katta qulaylik va imkoniyatlar olib keldi. Ammo u bilan birga muayyan tahdidlar ham mavjud. Shuning uchun internetdan foydalanishda ehtiyotkor boʻlish, vaqtni unumli sarflash va real hayotga ham yetarlicha eʼtibor qaratish zarur. Ayniqsa, yoshlar internetdan faqat bilim olish, shaxsiy rivojlanish va ijobiy aloqalar oʻrnatish maqsadida foydalanishlari lozim. Shundagina internet tahdid emas, haqiqiy imkoniyatga aylanadi.

Mashhura Baxrinova, OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

(Foto: kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026