16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:33
Fan va taʼlim 👁 246

7-SONLI DAVLAT MTTDA “XAYR, BOGʻChA – SALOM, MAKTAB!” TADBIRI OʻTKAZILDI

7-SONLI DAVLAT MTTDA “XAYR, BOGʻChA – SALOM, MAKTAB!” TADBIRI OʻTKAZILDI

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2010-yilga qadar “Rohat” bolalar muassasasi maqomida faoliyat yuritib kelgan. Mazkur muassasa tuman hokimining 2010-yil 19-yanvardagi 22-sonli qarori asosida mukammal rekonstruktsiya qilinib, tuman 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida qayta tashkil etildi va zamon talablari darajasida jihozlandi. 70-oʻringa moʻljallangan ikki qavatli, zamonaviy, koʻrkam binoda kichkintoylarning taʼlim va tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Tevarak atrofi yam-yashil daraxtlar, anvoyi gullarga burkangan muassasa binosi bolajonlar har tong oshiqib keladigan soʻlim goʻshadir. Hududdagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlaridagi oʻziga xoslik, yozgi oʻyin maydonchalaridagi ozodalik koʻzlarni quvontiradi. Ichimlik suvi va tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan muassasa binosi ichkarisida qishin-yozin moʻʼtadil muhit mavjudligi bolajonlarning yayrab oʻsishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Ayni paytda mazkur muassasada 5 ta asosiy guruhning har birida 30 nafardan jami 150 nafar, 2 ta majburiy guruhning har birida esa 25 nafar kichkintoylar taʼlim-tarbiya olishmoqda

Barno Xudoybergenova rahbarligidagi muassasada jami 35 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishadi. Ulardan 15 nafari tarbiyachi-pedagog xodimlar boʻlib, 6 nafari oliy, 3 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega tajribali, oʻz kasbining bilimdonlari boʻlgan mutaxassislardir. Yordamchi tarbiyachi sifatida faoliyat yurituvchi xodimlar esa oʻzlarining kasbiy malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari tufayli bolajonlarning samimiy mehriga sazovor “bogʻcha opalari”ga aylanishgan.

Kichkintoylarning oʻz iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar ham alohida eʼtiborga munosib. Muassasada zamonaviy talablar darajasidagi musiqa va sport xonalari, nihoyatda shinam va ozoda oʻyin maydonchalari, ayvonchalar, tibbiy xizmat boʻlimi, oromxona va mashgʻulotlar xonalari har bir guruh boʻyicha bolajonlarning dunyoqarashlari va yoshlariga mutanosib ravishda jihozlangan.

Shuningdek, guruhlarda tashkil etilgan 5 ta rivojlantiruvchi markazlar, “Maʼnaviyat” va “Sport-sogʻlomlashtirish” burchaklarida bola psixologiyasi, aqliy va jismoniy rivojlanish tamoyillari oʻz aksini topgan.

Muassasada deyarli barcha guruhlarda inklyuziv taʼlim-tarbiya ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aqli va nutqiy rivojlanishda nuqsoni bor boʻlgan, eshitish qobiliyati zaif bolalarga sifatli taʼlim-tarbiya berishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada oliy maʼlumotli logoped-pedagog Aziza Artiqboyeva hamda defektologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis Madina Ibodullayevalar tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Tarbiyachilar Qurbonoy Xolimbetova, Nilufar Atajanova, Sharofat Haytimbetovalar oʻtkazadigan har bir dars-mashgʻulotini bolajonlar intiqlik bilan kutishadi.

Joriy yilning 30-may sanasi muassasaning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun hayajonli daqiqalarga boy unutilmas kun boʻlib qoldi. Chunki shu kuni muassasaning maktabga tayyorlov guruhining 46 nafar va qisqa muddatli tayyorlov guruhining 34 nafar tarbiyalanuvchilari oʻzlari uchun qadrdon boʻlib qolgan aziz maskan va sevimli “bogʻcha opalari” bilan xayrlashib, maktab taʼlimi sari ilk qadam qoʻydilar.

Muassasada boʻlib oʻtgan “Xayr, bogʻcha – salom, maktab!” mavzusidagi musiqiy tadbirda muassasa pedagog-xodimlari, ota-onalar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda bolajonlar oʻz qoʻllari bilan yasagan oʻyinchoqlar, chizgan rang-barang suratlar, turli koʻrik-tanlovlarda erishgan yutuqlari aks ettirilgan suratli albomlar namoyish etildi. Bolajonlar oʻzlari oʻrgangan kuy-qoʻshiqlarni ijro etishib, ona Vatan, doʻstlik va tinchlik, onajonlar, “bogʻcha opalar” haqida sheʼrlar aytib, raqslar ijro qilishdi.

Tadbir davomida bolajonlarga ota-onalari sovgʻalar berishib, farzandlarini aqlli va dono qilib tarbiyalagan tarbiyachi-pedagoglarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019