16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:23
Salomatlik 👁 468

Amudaryolik hamshira “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Amudaryolik hamshira “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

“Yilning eng yaxshi oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda fidokorona mehnati, kasbiy mahorat va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turgan tibbiyot xodimlari alohida eʼtirof etildi. Mazkur tadbirda Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Luiza Yangiboyeva “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

20-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi majlislar zalida sohaga sidqidildan xizmat qilayotgan, kasbiy faoliyati bilan namuna boʻlayotgan tibbiyot xodimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri M. Kurbanov, sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi L.Baybosinova, Oʻzbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi R.Mishenova va Respublika davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda sohaning ilgʻor va fidoyi vakillari ishtirok etdi.

Marosimda Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi Luiza Yangiboyevaga “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari tantanali tarzda topshirildi. Bu eʼtirof – uning koʻp yillik samarali mehnati, masʼuliyatli munosabati va tibbiy xizmat sifati yuksalishiga qoʻshgan shaxsiy hissasiga berilgan yuksak baho hisoblanadi.

Shuni alohida qayd etish joizki, Luiza Yangiboyeva joriy yilda “Yilning eng yaxshi oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining mamlakat bosqichida munosib ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” nominatsiyasida I oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

Sogʻliqni saqlash tizimida inson hayoti uchun masʼuliyatni zimmasiga olgan, oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashadigan, yuksak malakaga ega mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Tibbiyot fidoyilarini ragʻbatlantirish, ularning mehnatini munosib qadrlash maqsadida anʼanaga aylangan “Yilning eng yaxshi oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi ham aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Koʻrik-tanlov doirasida qatnashchilar tibbiy hujjatlarni yuritish, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, kasallik alomatlari va profilaktikasi, yuqumli kasalliklarga qarshi choralar, inson anatomiyasi va fiziologiyasi, hamshiralik ishi meʼyor va standartlari kabi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Bundan tashqari, ular sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha yangicha yondashuvlarni taqdim etish, hozirjavoblik, muloqot madaniyati kabi mezonlar asosida ham baholandi. Tanlov gʻoliblari aynan shu kabi kompleks yondashuvlar asosida saralab olindi.

Aytish joizki, soha vakillarini ragʻbatlantirishga qaratilgan bunday mukofotlar faqatgina bir shaxsning faoliyatiga berilgan baho emas, balki butun jamoaning, butun tizimning fidoyilik asosidagi mehnatiga nisbatan bildirilayotgan munosib eʼtirofdir. Luiza Yangiboyeva kabi salohiyatli, bilimdon va sadoqatli hamshiralarning aholi salomatligini saqlashda tutgan oʻrni beqiyosdir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019