16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Fan va taʼlim 👁 177

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABIDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABIDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun yozgi taʼtil boshlandi. Oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida deyarli har yili nafaqat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, balki kelajak bunyodkorlari boʻlgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼul mutasaddi tashkilotlar tomonidan ham oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil paytida maroqli dam olishlari, aqlan va jismonan chiniqishlari, maʼnaviy jihatdan shakllanishlarini oʻzida mujassam etgan tadbirlar tashkil etilib, bu tadbirlarga deyarli barcha oʻquvchi-yoshlar qamrab olinadi.

Joriy yilgi yozgi taʼtil butun mamlakatimizda yanada joʻshqinlik va hamjihatlik bilan boshlandi. 2025-yilning 15-may sanasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasida belgilab berilgan vazifalar soha vakillariga ishchanlik kayfiyatini bagʻishladi va mazkur loyiha doirasida boshlanib ketgan koʻngilochar tadbirlar eng chekka qishloqlarda ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirlarining uzviy davomi sifatida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi maʼmuriyati tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga koʻra, may oyining soʻnggi haftasida “Barkamol avlod bolalar haftaligi” boʻlib oʻtdi.

Mazkur haftalikning yakuniy qismi sifatida joriy yilning 2-iyun sanasida 2024-2025 oʻquv yili sarhisobiga bagʻishlangan “Quvonchga toʻldiraylik bolalikni!” shiori ostida tantanali adabiy-musiqiy bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bayram tadbirida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi va Olmazor mahallasi masʼullari, tarbiyachi-pedagoglar, oʻquvchilarning ota-onalari va toʻgaraklar rahbarlari ishtirok etdilar.

Mangʻit shahridagi istirohat bogʻida tashkil etilgan tadbirda tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilarining 2024-2025 oʻquv yili davomida erishgan yutuqlari, maktabda faoliyat olib boruvchi turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar aʼzolarining axborot texnologiyalari va robototexnikaga oid bilim va izlanishlari tadbir ishtirokchilariga oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Ota-onalar esa oʻz farzandlarining qobiliyat va iqtidorlaridan mamnun boʻldilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova 2024-2025 oʻquv yilida maktab oʻquvchilari tomonidan turli koʻrik-tanlovlarda, sport musobaqalarida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritib, ishtirokchilarni oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakuni va 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabrikladi hamda farzandlarining kelajagiga befarq boʻlmagan har bir ota-onani “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan va bolalarni intellektual rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishishga, farzandlarining qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida maktab bilan doimiy aloqada boʻlishga daʼvat etdi.

Shundan soʻng 2024-2025 oʻquv yilida maktabdagi mashgʻulotlarini turli yoʻnalishlar boʻyicha toʻliq tamomlagan 677 nafar toʻgarak aʼzolariga maktabni bitirganlik haqidagi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi. Oʻquv yili davomida farzandlarining toʻgaraklar mashgʻulotlarida qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib bergan eng faol ota-onalardan bir guruhiga “Tashakkurnoma”lar topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Olmazor mahallasi masʼullaridan Oʻrozgul Yakubova hamda boshqalar “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilari orasida xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar gʻoliblari ham borligini, maktabda taʼlim-tarbiya ishlari namunali darajada tashkil etilganini alohida eʼtirof etishib, toʻgaraklar rahbarlariga va pedagoglarga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.

“Quvonchga toʻldiraylik bolalikni!” ezgu shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir davomida maktabning “Shoʻx bolalar” jamoasi tomonidan taqdim etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga zavq-shavq bagʻishladi.

Haqiqatdan ham biri-biridan shoʻx bolalar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, goʻzal kuylar va dilbar raqslar tadbirga yanada joʻshqinlik, qalblarga quvonch ulashdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019