16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Fan va taʼlim 👁 238

65-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi

65-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar taʼlim-tarbiyasi, yozgi taʼtilni mazmunli tashkil etish, ularni oromgohlar, fan toʻgaraklari, intellektual oʻyinlar va sanʼat kechalariga jalb qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilib, mamlakatimizning barcha hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari va ijodiy loyihalar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida “Yoshlar – kelajagimiz” shiori ostida oʻtkazildi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuradov, boʻlim mutasaddilari, maktab direktori Shahnoza Xoʻjamuratova, maktabning pedagogika jamoasi, oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Shahnoza Xoʻjamuratova ochib, yoshlarni maʼnan qoʻllab-quvvatlash va ularning isteʼdodini rivojlantirish maqsadida maktabda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning bilim va qobiliyatlarini yanada oshirish, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan. Maktabda ham ushbu vazifalarni samarali bajarish, oʻquvchilarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan va bu yoʻnalishda izchil ishlar olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu davr mobaynida oʻquvchilar oʻz iqtidorlarini namoyon etib, yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar. Maktab jamoasi va oʻqituvchilar mazkur loyiha doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Tadbirning badiiy qismi bayramona ruhda oʻtdi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan begʻubor kuy-qoʻshiqlar, ifodali oʻqilgan sheʼrlar ishtirokchilarga xursandchilik ulashdi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan shoʻx raqslar barchaga manzur boʻldi. Yurt madhi, qadrdon maktab va begʻubor bolalik tarannum etilgan chiqishlar yigʻilganlar qalbida iliq taassurot qoldirdi. Kontsert dasturi oʻquvchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ijodiy fikrlash hamda sahna madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bugungi kunda mazkur taʼlim muassasasida 74 nafar oʻqituvchi samarali faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari oliy toifali, 5 nafari birinchi toifali, 18 nafari ikkinchi toifali oʻqituvchilardir. Ularning 4 nafari milliy, 5 nafari esa xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega.

Joriy oʻquv yilida maktabning 11-sinfini 24 nafar oʻquvchi bitkazmoqda. Hozirda ular davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirmoqdalar. Shu bilan birga, maktabning 3 nafar eng faol oʻquvchisi turli fanlardan milliy sertifikatlarga ega.

Tadbir davomida mehmonlar oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil paytida boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi bilan tanishtirildi. Unga koʻra, maktabda turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar, sport va madaniy tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Xususan, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari Oʻktam Boltaboyev va Sanjar Oʻrazboyev tashabbusi bilan futbol va voleybol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Shaxmat va shashka toʻgaraklari ham faoliyat yuritib, oʻquvchilarning intellektual salohiyati va qiziqishlarini yuzaga chiqarmoqda.

“Mohir qoʻllar” toʻgaragida Gulbarchin Qoʻnaqova rahbarligida oʻquvchilar chevarlik sirlarini oʻrganmoqda. Mazkur toʻgarak tegishli texnika va jihozlar bilan taʼminlangan. “Yoʻl harakati qoidalari” toʻgaragida Rustam Boltaboyev yoshlarga xavfsiz harakatlanish qoidalarini oʻrgatmoqda.

Ozoda Abdullayeva rahbarligidagi ingliz tili toʻgaragida oʻquvchilar xorijiy tilni chuqur oʻzlashtirmoqda. Bahrom Ataboyev rahbarligidagi musiqa toʻgaragida esa oʻquvchilar milliy va zamonaviy musiqa asboblarini chalishni, musiqaga oid umumiy bilimlarni oʻrganishmoqda.

Ayniqsa, Norguloy Saotboyeva rahbarlik qilayotgan “Yosh dasturchilar” toʻgaragi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Unda oʻquvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni puxta oʻzlashtirmoqda.

Maktab kutubxonachisi Navbahor Abduholiqova 15-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 900 dan ortiq badiiy adabiyotni oʻzida jamlagan maktab kutubxonasi oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini yoshlar ongiga singdirishda muhim oʻrin tutadi.

“Zakovat” intellektual oʻyinining maktab ligasi, “Mening mahallam – mening faxrim”, “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” va “Raqamli avlod qizlari” kabi loyihalar doirasida ham maktabda keng qamrovli tadbirlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Barcha toʻgaraklar faoliyati masʼullar tomonidan yuksak baholandi va ularni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini toʻgʻri yoʻnaltirish hamda turli sohalarga boʻlgan qiziqishini oshirish – bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar yoshlarning taʼtil davrini foydali oʻtkazishi, bilim va koʻnikmalarini oshirishi, sport hamda madaniyat sohalarida faol boʻlishiga zamin yaratmoqda.

Yulduz Boltaboyeva, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019